17/04/2015
“Kasaba uyushmasi – faxriylarga” aksiyasi haqida

 

Без имени-1Farg‘ona viloyatida Keksalarni hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvaatlash ko‘lamini kengaytirish, keksa avlod vakillariga e'tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni moddiy va ma'naviy qo‘llab-kuvvatlashda yoshi ulug‘ insonlar, mehnat faxriylari oila va jamiyatda yoshlarni milliy qadriyat va an'analar ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash, shuningdek bu boradagi ishlar uchun jamiyat va davlatning imkoniyat hamda kuchlarini jalb etishga qaratilgan “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturining 3 bo‘limi bandlarini bajarish maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi hamda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, kasaba uyushmasi a'zolarining ota-onalari uchun ta'lim tizimida uzoq yillar fidoiylik qilib ishlagan mehnat faxriylarining 25 nafarini kasaba uyushmasi 10% byudjeti xisobidan hamda ishlayotgan mehnat faxriylarining 11 nafarini sug‘urta mablag‘lari xisobidan bepul 2015 yilning 13 aprel kuni “Chimyon” sanatoriysiga yuborildi.

Sihatgoxda ular uchun barcha sharoitlar yaratilib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda joriy yilning 14 aprel kuni Oliy majlis senati a'zosi, Respublika Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Ikbol Mirzo ishtiroqida uchrashuv o‘tkazildi. Mehnat faxriylarining 36 nafariga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari tarqatildi.

Без имени-1 Без имени-2

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar