18/04/2015
Keksalar – el ardog‘ida

 

29 ta 10 - 15Har qanday jamiyatning yoshi ulug‘ odamlarga bo‘lgan e'tibori g‘amxo‘rligi uning madaniy darajasini belgilaydi. Zero, keksalarga hurmat -extirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma'naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan,

Kogon tumani 2-o‘rta umumta'lim maktabi kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan “Keksalar-el ardog‘ida” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda keksalik gashtini surayotgan 22 nafar mehnat faxriylari maktab jamoa a'zolari to‘plandilar. N.Sattorova rahbarligidagi jajji o‘g‘il- qizlar tomonidan ijro etilgan Ona Vatan, she'rlar, dilrabo kuy-qushiqlar va raqslar qalblarga zavq olib kirdi. Tuman XTMFTvaTE bo‘limi mudiri R.Jo‘rayev, tarmoq kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi M.Oripovalar mehnat faxriylarining bosib o‘tgan sharafli hayot yullari yoshlar uchun ibrat ekanligini alohida ta'kidlab o‘tishdi.

Tarixga nazar solinib, o‘quv dargohining o‘tmishi, mehnat faxriylarining ish faoliyatlaridan videolavhalar namoyish etildi.

Ushbu lavhalarni ko‘rib, qalb quvonchga to‘ladi. Beixtiyor yoshlik davriga qaytdik. O‘zbekistondek jannatmakon yurtda yashayotganimizdan, o‘qituvchilik kasbini tanlaganimizdan, umrimizni yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga bag‘ishlaganimizdan baxtiyormiz. O‘qish, ishlash uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, bugungi o‘qituvchi va o‘quvchilarga havasimiz keladi deb mehnat faxriylari tomonidan alohida ta'kidlab o‘tildi.

Maktabning sobiq direktorlari, bugungi kunda shogirdlar, farzandlar yutuqlaridan sarbaland bo‘lib yurgan M.Sharipova, N.Yunusova, J.Azimovalar so‘zga chiqib, hayot tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ustoz Shuhrat medali sohibi, O‘zbekiston xalk ta'limi a'lochisi Shuhrat aka Ergashevning shogirdlari N.Po‘latov, U.Oripovlar bilan ijro etgan jozibador ashulalari davraga fayz olib kirdi. Mehnat faoliyati davridagi unutilmas voqyealar yodga olindi, olamdan o‘tgan ustozlar esa hurmat bilan xotirlandi. Tadbir so‘ngida mehnat faxriylariga esdalik sovg‘alari topshirildi. 

29 ta 10 - 15

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar