24/04/2015
Havaskor velosportchilar o‘rtasida velomarafon musobakasi

 

Безымянный 2O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 24 martdagi 21-50 “s” sonli “Havaskor velosportchilar o‘rtasida “Kasaba-Tur” velomarafonini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Arnasoy tuman kengashining qo‘shma qarori ishlab chiqilib, ushbu qaror asosida 2015 yil 17 aprel kuni velomarafon musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada ta'lim, madaniyat va tibbiyot tashkilotlaridan kasaba uyushma a'zolari ishtirok etdilar.

Tadbirda 35 yoshgacha bo‘lgan xavaskor velosportchilar o‘rtasida Xidirov Olim birinchi o‘rinni, ayollar o‘rtasida 22-umumtalim maktabidan M.Kuchkorova, katta yoshdagilar o‘rtasida 5-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Botir Adbdunaimovlar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Tadbir yakuni bilan velomarafon ishtirokchilari kasaba uyushmasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda ishtirokchilari Eng yoshi ulug‘ poygachi” (erkak va ayollar o‘rtasida);“Eng mahoratli poygachi” (erkak va ayollar o‘rtasida), “G‘alabaga bo‘lgan intilish uchun” (erkak va ayollar o‘rtasida), “Eng yosh poygachi” (erkak va ayollar o‘rtasida), “Eng faol ayol poygachi” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar.

 

Безымянный Безымянный 1

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar