08/05/2015
Hisobot-saylov konferentsiyasi

 

1-Гулистон.ш.Конферен.O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining “O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o’tkazish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq bugungacha Sirdaryo viloyati tuman, shahar kengashlari tasarrufidagi barcha boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig’ilishlari bo’lib o’tdi. Endilikda tuman, shahar kengashlarining hisobot-saylov yig’ilishlari tashkil etilmoqda. Yaqinda O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashining hisobot saylov konferentsiyasi bo’lib o’tdi.

Hisobot-saylov konferentsiyasiga belgilangan me’yorga muvofiq boshlang’ich tashkilotlardan saylangan 75 nafar delegatlardan 73 nafar delegatlar qatnashdilar.

Shuningdek, Konferentsiya ishida Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi o’rinbosari K.Eshnazarov, O’zbekiston ta’lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Sirdaryo viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchisi A.Mamarasulov, Хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi mudirasi R.Abdujalilova, tarmoqdagi barcha tuman, shahar kengashlari raislari va kasaba uyushmasi faxriylari ishtirok etib o’z fikr mulohazalarini bildirdilar.

Hisobot- saylov konferentsiyasini  Guliston shahar tashkiloti raisi Farhod Tashtanov olib bordi.  Kun tartibidagi birinchi – kasaba uyushma shahar kengashining 2010-2015 yillar davridagi faoliyati yuzasidan  hisobot ma’ruzasi  tinglandi.  

Hisobot davrida ta’lim xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularning to’liq bandligi ta’minlanishiga, ular uchun sog’lom va bexatar mehnat sharoitlari yaratib berilishiga erishish, mehnat qonunchiligiga rioya etilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog’lomlashtirish, xodimlar o’rtasida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish sohasida muayyan ishlar amalga oshirilganligi ta’kidlandi.

Shahar miqyosida 17ta maktab, 19ta MTM va 12 ta maktabdan tashqari muassasalari, o’rta mahsus kasb-hunar ta’limi tizimida jahon andozalariga javob beradigan 2ta akademik litsey, 4ta kasb-hunar kollejlari, 9ta ta’lim tizimiga tegishli boshqa tashkilotlar va 21ta madaniyat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Kengash tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalari va madaniyat tashkilotlarida 3764 nafar xodim mehnat qiladi. O’rta mahsus kasb-hunar tizimidagi 6ta kasb-hunar kolleji va 2ta akademik litseylarida 5583 nafar yoshlar ta’lim olmoqdalar. Jami 9347 nafar a’zoga ega bo’lgan 84ta kasaba uyushma tashkilotlaridan 71ta kasaba uyushma qo’mitalari, 13ta kasaba uyushma tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Jami 9347 nafar kasaba uyushma a’zolarining 5133 nafarini ayollar tashkil etadi.

Hisobot ma’ruzasida kengash tomonidan yoshlar siyosatini amalga oshirishda,  mehnatni muhofaza qilish sohasida, madaniy ommaviy tadbirlar, xodimlar turizmi, sport musobaqalari o’tkazilishidagi ishtirok haqida atroflicha to’xtanildi.

Keyingi yillarda sport-sog’lomlashtirish ishlari ancha jonlandi. Har yili turli sport musobaqalarini o’tkazib, xodimlar va ularning oila a’zolari o’rtasida sportning ommaviyligini oshirishga erishildi. Sportning futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi oilaviy sport musobaqalari doimo o’tkazib kelinmoqda. Xodimlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va milliy an’ana va qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirish maqsadida muntazam ravishda madaniy-ommaviy tadbirlar uyushtirilishi, bular turli ko’rik-tanlovlar, badiiy kechalar, ommaviy bayramlarga bag’ishlangan tadbirlar, ”Eng faol yosh mutaxassis”, ”O’z kasbining moxir egalari” tanlovlaridir. 

Ma’ruzadan so’ng ikkinchi masala kasaba uyushma shahar tashkiloti taftish komissiyasining hisoboti eshitildi. Shundan so’ng ikkala masalalar bo’yicha muzokaralarga o’tilib unda a’zolardan Maltaev Bosim, Rametova Sanobar, Usmonova Gulnoralarga so’z berilib ularning fikrlari tinglandi. So’zga chiqqanlar faoliyatni qoniqarli deb baholadilar va bu delegatlar tomonidan guvohnomalarini ko’tarib ovoz berish bilan tasdiqlab olindi. 

Shundan so’ng, navbatdagi hisobot davri uchun ustuvor yo’nalishlari belgilandi. Unga ko’ra mehnatga va ijtimoiy iqtisodiy masalalarga oid qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, tegishli takliflar tayyorlash, ijtimoiy sheriklik tizimidan samarali foydalangan holda muassasalarda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarining yaratilishiga erishish, bandlik dasturlarining amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi bir qator masalalari qabul qilindi. 

Keyingi masala saylovlar o’tkazish va unda shahar kengashi a’zolarini saylash bo’ldi. Saylovlar umumiy kelishuvga ko’ra ochiq ovoz berish yo’li bilan amalga oshirildi.

Shuningdek, kasaba uyushma tashkilotining taftish komissiyasi tarkibiga, rayosat a’zolari, raisi hamda viloyat tashkilotiga delegatlar saylandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Hisobot sayloviga taklif etilganlar yig’ilishga ijobiy baho berib jamoaning yakdilligi, faolligi va o’z haq-huquqlariga e’tiborli ekanliklarini alohida ta’kidladlab o’tdilar.

2-Гулистон ш.Конференция

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar