10/05/2015
“Jasorat, burch, matonat” shiori ostidagi tadbirlar rejasi

 

Безымянный 2Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Olot tuman kengashi tomonidan “Xotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha “Jasorat, burch, matonat” shiori ostidagi tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Chora-tadbirlarga asosan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 30 nafar qariyalar holidan xabar olindi, 2 nafar keksalarga moddiy ko‘mak berildi, Olot politexnika va servis kasb-hunar kollejida “Xotira turniri” o‘tkazildi.

25 nafar mehnat faxriylari ishtirokida Buxoro shahrining tarixiy obidalari va mustaqillik inshootlari bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Bahovuddin Naqshbandiy ziyoratgohi, “Labi hovuz” majmuasi, “Sitorai Moxi Xosa” muzeyini tomosha qilgan qariyalar o‘tgan davrni xotirlab, shahrimizda bunyod etilgan inshootlarga nazar solib, yoshlarimizning baxtli davrda yashab-ulg‘ayayotganini dildan faxrlanib gapirdilar. 

 

Безымянный 1 Безымянный 2 Безымянный Безымянный 3

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar