11/05/2015
“Xotira va qadrlash kuni”

 

DSC01414Keksalarni qadrlash va e'zoz ko‘rsatish-xalqimizning azaliy odati. Buxoro viloyati Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qorako‘l tuman kengashi tomonidan “Kasaba uyushmalari-faxriylarga” aksiyasi doirasida bir qator ishlarni amalga oshirilmoqda.

“Xotira qa qadrlash kuni” arafasida uzok yillar ta'lim tizimi sohasida mehnat qilib, hozirda qarilik gashtini surayotgan 35 nafar faxriylar uchun Buxoro viloyatining muqaddas qadamjolari va mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Sayohat G‘ijduvon shahridagi Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohidan boshlandi. Onaxonu-otaxonlar Shofirkon, Vobkent, Romitan, Peshko‘, Kogon tumanlarida joylashgan “Yetti pir” deb nom olgan qadimiy obidalarni ziyorat qildilar. Mustaqillik davrida Prezidentimiz tashabbusi bilan Buxoro shahrida barpo etilgan yangi bog‘, “Qo‘hna va boqiy Buxoro” monumenti, amfiteatr, viloyat drama teatrini tomosha qildilar.

Viloyatning eng uzoq qishloq huddularida yashayotgan qariyalar yurtimizdagi bunyodkorlik ishlarini ko‘rib, chin dildan quvonib, bugungi baxtli kunlarga shukronalar aytdilar.

DSC01414 DSC01432

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar