03/06/2015
Salomatlik-spartakiadasi

 

DSCN0867Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashi tomonidan Guliston shahridagi 18ta maktabgacha ta’lim muassasalari hamda viloyat axborot resurs markazida ishlovchi xodimlar o’rtasida salomatlik spartakiadasi o’tkazildi.  

Spartakiadaning shahar bosiqichi 2015 yil 30 may kuni Guliston shahar 5-umumta’lim maktabi sport majmasida bo’lib o’tdi. Spartakiadada 19ta tashkilotdan talabnoma asosida 8 nafardan xodimlari ishtirok etdilar.

Xakamlikka tajribali trenerlar-Guliston shahar 1-bolalar va o’smirlar sport maktabidan T.Xoliqulov, U.Ummatqulov, S.Umurqulov, S.Aralovlar, maktablar jismoniy tarbiya o’qituvchilaridan Sh.Allanazarov, S.Xoliqulov, Yu.Seytumerovlar jalb etildilar.

Voleybol bo’yicha shahardagi 4-maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasining qo’li baland kelgan bo’lsa, stol tennisida shu muassasaning tarbiyachisi Nilufar Botirovaga teng keladigani topilmadi. 9-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Shoira Saipova shashkada hamma raqiblarini mag’lubiyatga uchratib shohsupaning birinchi zinasini egalladi.

G’olib jamoa kasaba uyushmasining qimmatbaho sovg’alari bilan mukofotlandi.

DSCN0812 DSCN0825 DSCN0863 DSCN0867

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar