06/09/2015
“Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi”

 

тозалик расми-1O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 13 iyulidagi “Kasaba uyushmalari bolalarga aksiyasi doirasida tashkil etiladigan “Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 22-52 “s” sonli qaroriga asosan joriy yilning 4 sentyabr kuni Sirdaryo  tumanidagi 2,10, 17, 23, 24, 29, 33, 34, 35, 37, 38 – umumta'lim maktablarida, Sayxunobod tumanidagi 5, 7, 14, 16, 18, 22, 23, 25, 30, 31, 33, 38, 36 – sonli umumta'lim maktablarida va Guliston tumanidagi 4, 6, 13, 20, 21, 22, 23, 24 -sonli umumta'lim maktablarida “Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda maktablarning 1-sinflariga qabul qilingan jami 857 nafar o‘quvchilarga 857 ta sanitariya – gigiyena jamlamalaridan iborat bo‘lgan bo‘lgan sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda ilk bor maktabga qabul qilingan o‘quvchilarga sanitariya – gigiyena talablari, sog‘lom turmush tarzi, atrof-muhit, jamoat uylari, maktab, sinf xonalari, shaxsiy buyum, kiyim-kechaklarini toza-ozoda tutish qoidalari tushuntirildi, turli yuqumli kasalliklar to‘g‘risida bolalarga dastlabki ma'lumotlar to‘g‘risida targ‘ibot ishlari tashkil etildi.

Shu kuni jajji bolajonlar kasaba uyushmalarining sovg‘alaridan bahramand bo‘ldilar. Ular nafaqat o‘zlarining ozodalik, sanitariya-gigiyena qoidalari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar, balki kasaba uyushmalari haqidagi dastlabki tasavvurga ega bo‘ldilar.

Тозалик расми тозалик расми-1

 


Yangiliklar, Без рубрики

Izlash

 

So`ngi e`lonlar