06/11/2013
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2009-2011 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvining yakunlari va 2012-2014 yillar uchun tarmoq kelishuvini tuzish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2009-2011 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishxalq_talimuvida qayd etilgan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Tarmoq kelishuvining asosi O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunini hayotga tatbiq etgan holda, Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi muassasalar xodimlarining ijtimoiy-iktisodiy manfaatlari hamda haq-huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan. Shu bois, mazkur kelishuvda qayd etilgan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishda soha xodimlarining mehnat huquqlari, ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy va sport-sog‘lomlashtirish masalalariga alohida e'tibor berildi.

Soha xodimlarining mehnatini muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilot hamda ta'lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” Nizom ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 275-sonli qarori asosida 9779 ta umumta'lim maktablarida direktor jamg‘armasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur jamg‘arma mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil etish maqsadida umumta'lim muassasalari qoshida maxsus komissiyalar tuzildi va ular tarkibiga maktab maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi a'zolari hamda ota-onalar qo‘mitalari vakillari kiritildi.

O‘tgan uch yil davomida direktor jamg‘armasi hisobidan o‘qituvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususan ularga ustama xaq to‘lash shuningdek, moddiy jihatdan yordam ko‘rsatish va xodimlarni rag‘batlantirish uchun 605 mlrd. 170 mln. so‘m mablag‘ sarflandi. O‘qituvchilarning ish haqi 2004 yilga nisbatan 2011 yilda to‘qqiz barobarga oshib, bugungi kunda ularning o‘rtacha ish haqi 614 ming 720 so‘mni tashkil etmoqda. Bu omillar o‘qituvchi va murabbiylarning yosh avlod tarbiyasi yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

 

To`liq matnni quyudagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

_word O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2009-2011 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvining yakunlari va 2012-2014 yillar uchun tarmoq kelishuvini tuzish to‘g‘risida.


Ijtimoiy himoya, Kelushuvlarga oid ma`lumotlar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar