29/11/2015
Jondor tumanidagi tadbir haqida

 

ALI_95752015 yil 11 noyabr kuni ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jondor tuman kengashi tomonidan Respublika ma'naviyat va targ‘ibot markazi tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda tuman madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asari takdimoti yuzasidan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi o‘rta umumiy ta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, kasb – hunar kollejlari direktorlari, kasaba uyushma faollari ishtirok etishdi. Tadbirda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi katta mutaxassisi A.Davlatov kitobning mazmun -mohiyati to‘g‘risida umumiy ma'ruza qildi. Kitobning xotin-kizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha bo‘limi yuzasidan ma'naviyat tag‘ribot markazi tuman bo‘linmasi raxbari R.Rahimova “Zamonaviy rahbar doimo oldinga intilib yashashi kerak” bobi bo‘yicha kasaba uyushmasi tuman kengashining raisi J.Ashurov ma'ruzalari tinglandi. Asarni chuqur o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Kitob taktimotiga bag‘ishlangan tadbir qatnashchilarga yaxshi tassurot qoldirdi.

ALI_9585

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar