03/12/2015
“Diydor shirin”

 

1Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jalaquduq tuman kengashi va tuman XTMFMT va TE bo‘limi bilan xamkorlikda 2015 yil 1 dekabr kuni Andijon viloyat Jalaquduq tuman Oyim SHFY o‘ramidagi 32-umumta'lim maktabida “Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan “O‘tganlarni xotirlash, keksalarni e'zozlash-yoshlarga ibrat, yoxud, “Diydor shirin” deb nomlangan faxriylar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari Z.G‘ofurova, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Andijon viloyatidagi ma'sul tashkilotchisi Z.Abdullayev, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi yetakchi mutaxasisi D.Erqo‘ziyeva, viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutining o‘qituvchilari O‘.Oxunov va M.Axmedovlar ishtirok etdilar.

Dastlab faxriy-nuroniy ustozlarni 32-umumta'lim maktabi jamoasi karnay-surnay sadolari ostida non-tuz bilan kutib oldilar. Tuman hokimi o‘rinbosari Z.G‘ofurova faxriylarni Konstitutsiya kuni bayrami bilan tabriklab tadbir kun tartibi bilan tanishtirdi. Faxriylar maktabning 28ta sinfida tayyorlangan ochiq dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar. Ochiq dars mashg‘ulotlarini maktabning tajribali uzoq yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan va yosh iqtidorli o‘qituvchilardan geografiya fani o‘qituvchisi T.Matqurbonov, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi M.Yuldasheva, matematika fani o‘qituvchisi M.Burxonova, chet tili fani o‘qituvchisi S.Mannopova, huquq fani o‘qituvchisi M.Astanova va boshqa olib bordilar.

Ochiq dars mashg‘ulotlari yakunlangandan so‘ng maktabning faollar zalida faxriylar uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan tashkil etilgan badiiy kompozitsiyasi namoyish etildi.

Tashrif buyurgan faxriy o‘qituvchilar nomidan O‘.Oxunov, M.Axmedov va A.Mamajonovlar “Yil o‘qituvchisi” Respublika ko‘rik tanlovida ishtirok etgan maktabning fransuz tili fani o‘qituvchisi S.Mannopova, matematika fani o‘qituvchisi N.Burxonova, kimyo fani o‘qituvchisi A.Tojiboyev, fransuz tili fani o‘qituvchisi B.Kamolova va tarix fani o‘qituvchisi R.Raximova xamda maktabning iqtidorli o‘quvchilariga o‘zlarining estalik sovg‘alarini topshirdilar.

Shundan so‘ng taklif etilgan faxriylar uchun Oyim SHFY dagi 20- bolalar musiqa va san'at maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Tadbirda faxriylarni tuman XTMFMT va TE bo‘limi mudiri U.Berdiqulov, tuman hokimining o‘rinbosari Z.G‘ofurova, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Andijon viloyatidagi ma'sul tashkilotchisi Z.Abdullayev, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi yetakchi mutaxasisi D.Erqo‘ziyeva, viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutining o‘qituvchilari O‘.Oxunov va M.Axmedovlar tabrikladilar. Tadbir ishtirokchilarini ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jalaquduq tuman kengashi raisi S.Raxmonov tabriklab 30-umumta'lim maktabining faxriy o‘qituvchisi Nuraliyeva Xalimaxonga Namangan viloyatidagi “Nixol” sanatoriyasiga “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturi asosida bepul yo‘llanmani topshirdi.

Faxriylardan A.Mamajonov, M.Yusupova, M.Mirzayevlar tadbir tashkilotchilariga o‘zlarining minnatdorchiligini bildirdilar. Uchrashuv tadbiridan so‘ng tashkilotchilar tadbirga kelish imkoni bo‘lmagan kasal faxriylarning uylariga borib xabar oldilar. Uchrashuv tadbiri faxriylar va keng jamoatchilikda katta taassurot qoldirdi.

2 3 4

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar