04/12/2015
Mehr-muruvvat ifodasi

 

Бухоро ногиронлар куниMehr-muruvvatli bo‘lish, ko‘ngli o‘ksiklarni qo‘llab – quvvatlash xalqimizning azaliy odati. Yoshlar ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirish, ularning e'tiborini  imkoniyati cheklangan insonlarga qaratib, odamiylik xislatlarini tarbiyalash maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatda “Biz sen bilan, bolajon!” shiori ostida aksiya tashkil etildi. Buxoro bank va iqtisod kasb – hunar kolleji o‘quvchilari maktab internatga tashrif buyurib, o‘quvchilar hayoti bilan tanishdilar. Maktab internat tarbiyalanuvchilari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi kasb -hunar kolleji o‘quvchilariga manzur bo‘ldi.

O‘quvchilar nogiron bolajonlar uchun tayyorlagan sovg‘alarini topshirishdi.      

Nogironlar kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi 24 – maxsus maktab internatda mehnat qilayotgan 29 – nafar 1- guruh nogironlariga va tarmoqqa qarashli kasb – hunar kollejlarida tahsil olayotgan 21 nafar nogiron o‘quvchilariga gigiyenik to‘plamlar yetkazildi.

Бухоро ногиронлар куни 3 Бухоро ногироналр куни 2

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar