05/12/2015
Sog’lom turmush tarziga qo’yilgan qadam

 

???????????????????????????????Mamlaktimiz aholisini ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishlarini ortirish, ularning salomatligini yanada mustahkamlash, sportda erishilgan yutuqlar orqali O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’si va nufuzini yanada oshirish borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston kasaba uyushmalari tizimiga qarashli tarmoqlarda ham keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sportga birinchi navbatda e’tibor qaratilayotganligi hamda mehnatkashlar o’rtasida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tizimli ravishda tashkil qilish kasaba uyushmalari faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri etib belgilanganligi natijasida yildan yilga sport tadbirlarida ishtirok etuvchi ishchi-xodimlar sonini ortib borayotganligi quvonarli hol albatta .

Bunday tashkil qilinayotgan sport tadbirlari tashkilot va muassasalarda faoliyat ko’rsatayotgan ishchi-xodimlarga sport va jismoniy tarbiya kundalik ish jaryoninining bir bo’lagini tashkil qilishi zarurligi bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishda dasturi amal bo’lib xizmat qilmoqda.

“Keksalarni ezozlash yili” davlat dasturi talablari asosida, shuningdek, mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini jismoniy tarbiya va sportga yanada kengroq jalb etish, shuningdek kasaba uyushmalari tizimida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini yanada oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan Тa’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Oqoltin tuman kengashi sovrini uchun “Sport- salomatlik garovi” shiori ostida tashkil qilingan tuman spartakiadasida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo’yicha o’tkazilib, ushbu tadbirda sport jamoalaridan kelgan 196 nafar ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.

“Sport-salomatlik garovi” shiori ostida o’tkazilgan tuman spartakiadasi ikki bosqichda tashkil etildi.

O’tkazilgan voleybol musoqasida Shodlik qishlog’ida joylashagn 17-maktab ayollar jamoasiga teng keladigani topilmadi. Ular barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli birinchi o’rinni egaladilar.

Stol tennisi musobqasi ham qizg’in bellashuvlar ruhida o’tdi. Barcha muoboqalarda raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Bo’ston qishlog’idagi 9-maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Xolyigit Xakimov faxrli birinchi o’rinni egallab, tuman kengashining tennis bo’yicha bosh sovrinini qo’lga kiritdi.

Shuning bilan birga erkaklar o’rtasida o’tkazilgan shaxmat musoboqasi bo’yicha 2-maktab o’qituvchisi Bahtiyor Ubaydullaev, ayollar o’rtasida esa 5-maktab o’qituvchisi Nasiba Norboeva, shashka bo’yicha erkaklar o’rtasida 13-maktab o’qituvchisi To’ychi Abdullaev va ayollar o’rtasida 17 – maktab o’qituvchisi Xalima Do’stnazarovalar faxrli birinchilikni egallab spartakidaning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdilar.

Bundan tashqari tuman kengashi sovrini uchun “Sport- salomatlik garovi” shiori ostida tashkil qilingan spratakiadada musoboqasida “Eng yoshi ulug’ ishtirokchi”, “Eng mahoratli havaskor sportchi”, “G’alabaga bo’lgan intilishi uchun” va “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyalar bo’yicha ham sovrinlar tantanali ravishda topshirildi.

“Sport – salomatlik garovi” shiori ostida o’tkazilgan spartakiadaning tuman bosqichi yakuni bo’yicha g’oliblar tuman kengashiing 71 ta esdalik sovg’alari va diplomlari bilan taqdirlandilar.

Albatta tumanimizda o’tkazilgan bunday sport musoboqalari kasaba uyushmasi a’zolarining kelgusida sog’liklari va salomatliklarini yanada yaxshilash yo’liga qo’yilgan mustahkam qadam bo’lib qoladi. Zero inson sog’lom bo’lsagina, u nafaqat oilasiga balki jamiyatimiz rivoji va uning ravnaqi uchun ham foydalidir.

Oqoltinda o’tkazilgan bunday katta sport tadbiri kelgusida xodimlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish orqali ularning mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga beminnat xizmat qiladi.

??????????????????????????????? ???????????????????????????????

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar