07/12/2015
Inson qadri e’zoz topgan qomus

 

Бухородан Инсон кадри эъзоз топган қомус мақоласига 1Mamlakatimizda har bir shaxsning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmati davlat va jamiyatning oliy qadriyati deb qabul qilingan. Bu shunchaki so‘zlar emas, mustaqil Vatan fuqarosini sharaflash, e'zozlash demakdir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingandan buyon o‘tgan 23 yillik taraqqiyot yo‘li davomida mamlakatimizda erishilgan barcha natijalar, xususan, inson huquqlari va erkinliklarining ta'minlanishi, davlat boshqaruvining eng samarali mexanizmlari joriy etilishi, fuqarolik jamiyati asoslarining vujudga kelishi va rivojlanishi, erkin bozor iqtisodiyoti yo‘liga o‘tilishi kabi yutuqlar aynan Bosh qomusimiz va u asosida qabul qilingan qonunlarning izchil amalga oshirilishi natijasida qo‘lga kiritildi.

Konstitutsiya xalqimizning o‘zini-o‘zi boshqarish, erkinlik va ijtimoiy adolat, insonparvar demokratik davlat barpo etish to‘g‘risidagi azaliy orzulari ifodasidir. Ayniqsa, Konstitutsiyamizda mustahkamlangan normalarning hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida davlatimizda har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish, kasaba uyushmalarining ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etishi va himoya qilishi, kasaba tashkilotlariga a'zo bo‘lishning ixtiyoriyligi kabi prinsiplar ta'minlanib, mamlakatimizni izchil taraqqiy ettirish bilan birga sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimizning 2001 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga binoan asosiy qonunimizning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, ma'no-mazmunini chuqur o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirish, shuningdek, Konstitutsiyani bilish, uni keng targ‘ib-tashviq qilish maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tomonidan “Inson manfaatlarining huquqiy poydevori” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirni shahar kengashi raisi Dilafruz Aralova bayram tabrigi bilan ochdi. Seminarda qayd etib o‘tilganidek, Oliy bosh Qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyamiz dunyo mamlakatlari Konstitutsiyalarining inson manfaatlari e'zozlangan, ustuvor etib belgilangan eng ijobiy jihatlarini o‘ziga andoza qilib olgan. Ayniqsa, 1948 yil 10 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”da keltirilgan prinsiplarni o‘zida qamrab olganligi bilan  ham yanada ahamiyatlidir.

Seminar trening ishtirokchilari uchun Buxoro iqtisodiyot va bank kolleji o‘quvchilaridan tarkib topgan “Parlament” huquqiy targ‘ibot jamoasi tomonidan tayyorlangan dasturda Bosh qomusimizning xalqchil va insonparvar moddalari zamirida yurtimizning har bir jabhasida kechayotgan islohotlar, shaharlarimizdagi bunyodkorlik va obodonchilik ishlari, yurtdoshlarimizning turmush farovonligi yildan-yilga ortib borayotganligi, fuqarolar va millatlararo totuvlikning ta'minlanishi, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, ta'lim, ilm-fan sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarga erishilayotgani ochib berildi.

Jamoa a'zolari Konstitutsiya, Ona Vatan, yurtga sadoqatni madh etuvchi she'rlar, Oliy bosh qomus moddalarini sharhlovchi sahna ko‘rinishlari, bayramona kuy-qo‘shiqlar ijro etishib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida “Konstitutsiya bilimdoni” viktorinasi o‘tkazilib, kasaba uyushma qo‘mita raislari va faollarining bilimlari sinab ko‘rildi. Buxoro shahar 8 – umumta'lim maktabi o‘qituvchisi, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Jumayeva, 123 – maktab internat o‘qituvchisi, qo‘mita a'zosi N.Halimovalar viktorina g‘olibi deb e'tirof etildi. Tadbir tarzida qizg‘in savol-javob, bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Бухородан Инсон кадри эъзоз топган қомус мақоласига  2 Бухородан Инсон кадри эъзоз топган қомус мақоласига 1

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar