15/12/2015
“Qudratimiz, birlik va hamjihatlikda” shiori ostida “Keksalar doim ezozda” tadbiri to‘g‘risida

 

1Surxondaryo viloyatining Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushsi Uzun tuman kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Uzun tuman Kengashi, “Maxalla” hayriya jamoat tuman fondi hamda tuman Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda “2015 yil- Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan “Keksalar doim e'zozda” shiori ostida “Yangi ro‘zg‘or” mahallasida yashovchi 100 yoshni qarshilagan urush qatnashchisi Sariqov Asalohun, mehnat faxriylari Sodiqov Ismoiljon, O‘rinova O‘lmashon, Murodov Abdusalomlarning xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olindi. Tibbiyot xodimlari faxriylarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Uzun tuman Kengashi va  “Maxalla” hayriya jamoat tuman fondi xodimlari tomonidan ularga yaqindan yordam berildi. Kasaba uyushmasi tuman kengashi tomonidan faxriylarga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat moddiy yordam ko‘rsatildi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad keksalarga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini shakllantirish hamda yosh avlodni mehr-muruvvatli qilib tarbiyalashdan iboratdir.

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar