16/02/2016
“Farzandlari sog‘lom yurt”

 

P074-348-256-311-07058Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk inson bo‘lib kamol topishiga e`tibor qaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Mehnatkashlar hamda ularning farzandlarini sog‘ligini mustahkamlash maqsadida ular o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazib borish, sportning ommaviyligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish kasaba uyushmalari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 13-fevral kuni Forish qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida “Sog‘lom ona  va bola yili” Davlat dasturi doirasida Ta’lim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashi,  agrosanoat majmui hodimlari kasaba uyushmasi kengashi, davlat muassasalari va jamoat xizmati hodimlari kasaba uyushmasi kengashi, tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo‘`mitasi qo‘shma yig‘ilishining qarori asosida “Sog‘lom oila” sport musobaqasining tuman bosqichi  bo‘lib o‘tdi. Unda kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan hodimlardan iborat bo‘lgan 24 nafar oilaviy jamoalar o‘zaro bellashdilar.

Musobaqada oilaviy jamoalar yugurish,  akrobatika elementlari va to‘pni nishonga otish, chaqqonlik va merganlik estafetasi, mohir hujumchi, tezlik estafetasi, arqon tortish kabi qiziqarli shartlar bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashishdi. Qizg‘in tarzda,  ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan musobaqaning ota-ona va 8-12 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvida I-o‘rinni 16-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Azamat Jumanazarovning oilaviy jamoasi, II-o‘rinni 33-umumta’lim maktabdan Komil Suyarovning oilaviy jamoasi egallagan bo‘lsa, ota-ona va 12 yoshli qiz bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda I-o‘rinni Forish qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Vahob Jo‘raqulovning oilaviy jamoasi, II-o‘rinni 9-umumta’lim maktabdan Ilhom Burhonovning oilaviy jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqada fahrli o‘rinni egallagan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, ishtirokchilarga “eng chaqqon oila”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi yuksak oila”, “Faol ishtirok etgan oila” nominatsiyalari bo‘yicha ham sovg‘alar topshirildi. 

P073-355-256-296-04053 P083-367-256-271-10048


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar