13/02/2016
Katta sport bayrami

 

Гиждувон 3“Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqalarining o‘tkazilishi haqidagi xabar G‘ijduvon tuman ta’lim va madaniyat muassasalari xodimlari tomonidan qizg‘in kutib olindi. Joriy yilning yanvar oyida kasaba uyushmalari rahbarligida musobaqalarning 1- hududiy bosqichlari o‘tkazildi.

Joriy yilning 5-6 fevral kunlari tumandagi 7-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida 40 ta g‘olib oilalar o‘rtasida tuman tarmoq bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Zamon talablari asosida qurilgan sport zalida musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar hozirlandi. Musobaqaning tantanali ochilish marosida G‘ijduvon tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining “Sog‘lomlashtirish” guruhi, bolalar va o‘smirlar sport maktabi karate to‘garagi ishtirokchilarining ko‘rgazmasi chiqishlari ishtirokchi va muxlislarga manzur bo‘ldi.

Nizom talablari asosida o‘tkazilgan oilaviy sport musobaqalarini bosh hakam Xoliqov To‘raqul, yordamchi hakamlar Haydarov Muzaffar, Hamidov Eldor, Nasulloeva Gulmira, Rayhonova Malikalar odilona baholab bordilar.

Qizg‘in bellashuvlar asosida o‘tgan musobaqa yakunlariga, uzoq Firishkent QFYda joylashgan 28-umumta’lim maktabidan ota, ona va 8-12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalik Rahmatovlar oilasi, ota, ona va 8-12 yoshgacha bo‘lgan qiz bolali Narzulloevlar oilasi g‘olib bo‘lib, tuman tarmoqlararo bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tuman kengashi tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari g‘olib jamoalar va “Eng chaqqon oila”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi yuksak oila”, “Faol ishtirok etgan oila” nominatsiyalari bo‘yicha sovrindorlarga nasib etdi.

Гиждувон  1 Гиждувон 7 Ғиждувон 2 Ғиждувон 5 Гиждувон 8


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar