17/02/2016
Oltinko‘l tumanda bo‘lib o‘tgan tadbir

 

1Andijon viloyati, Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Oltinko‘l tuman kengashi tarmog‘idagi tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlar uchun “Sog‘lom oila” shiori ostida Respublika oilaviy sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

 

Oilaviy sport musobaqasida 52 ta tashkilot va muassasalardan 156 nafar sportchilar qatnashdilar. Sport musobaqasi juda qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Musobaqa yakunida 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan g‘oliblarga shuningdek, “Eng yosh oila”, “Eng axil oila”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun” singari nominatsiyalar bo‘yicha ham faol ishtirokchilarga kasaba uyushmasi tuman kengashining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2 3 4 5 6

 


Yangiliklar, Yoshlar birlashmasi

Izlash

 

So`ngi e`lonlar