15/02/2016
Tarmoq kelishuvlari muhokamasi

 

DSC_9405O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida “Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligi”, 23-moddasida esa “Nodavlat notijorat tashkilotlari ijtimoiy sheriklik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash, muhokama qilishda ishtirok etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qo‘shma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘tkazish huquqiga ega” ekanligi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2014-2016 yillar uchun imzolangan Bosh kelishuvning 2 bo‘lim 9 bandida mehnat qonunchiligi buzilishlarining oldini olish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan kasaba uyushmasi tashkilotlarining tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish vazifasi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 9-moddasiga ko‘ra, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirish va nazorat qilish kasaba uyushmalariga yuklatilgan.

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi bilan 2015-2017 yillar uchun tuzilgan Tarmoq kelishuvlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasi, ularning mehnat va dam olishi, sog‘lomlashtirilishi, mehnat munosabatlarini yanada tartibga solish, mehnat qonunchiligi buzilishini oldini olishga qaratilgan mehnat me’yorlarini o‘z ichiga olgan.

Shuningdek, Tarmoq kelishuvlari ijrosini har yili muhokama qilib borish va unda taraflar ayniqsa Rahbar (ish beruvchi) hisobotini ta’minlash asosiy vazifalardan biriga aylangan.

Shu munosabat bilan yuqorida keltirilgan Qonun va qonunosti hujjatlarini ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 05 fevral kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining O‘quv markazida mazkur Tarmoq kelishuvlarining 2015 yilda bajarilishini muhokama qilishga qaratilgan qo‘shma yig‘ilish o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda Tarmoq kelishuvining taraflari, ya’ni ish beruvchilarning vakillari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’naviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Komilov Muzaffar Muratovich, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri boshqarma boshlig‘i Uzoqov Jamoliddin, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Kenjaev Dilshod Mutalibovich, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi bosh mutaxassisi Bodiev Do‘stmurod hamda barcha vazirliklarning xuquqshunos va kadrlar bo‘limi boshliqlari ishtirok etdilar va ular tarmoq kelishuvi ijrosi yuzasidan tizimda 2015 yil davomida olib borilgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildilar. Shuningdek, kasaba uyushmasi faollaridan tushgan barcha savollarga javob berdilar.

Yig‘ilish so‘nggida tegishli qarorlar qabul qilindi.

DSC_9366 DSC_9367 DSC_9372 DSC_9366 DSC_9372 DSC_9370 DSC_9367 DSC_9370 DSC_9373 DSC_9377 DSC_9393 DSC_9383 DSC_9396 DSC_9403 DSC_9399 DSC_9401 DSC_9398 DSC_9397 DSC_9394 DSC_9405

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar