19/02/2016
Yosh olimlar bilan o‘tkazilgan davra suhbati

 

1Joriy yilning 18 fevral kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Prezidentimiz I.Karimovning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mustaqillik yillarida olib borilgan yoshlarga, xususan, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi borasidagi islohotlarning mantiqiy va qonuniy davomi sifatida bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berganligi munosabat bilan yuqori kasaba uyushma tashkilotlari O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Yoshlar kengashi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Yosh olimlar kengashi”, Adliya boshqarmasining Toshkent shahar bo‘limi, (bo‘lim boshlig‘i Abror Berdiyev), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyatini shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (bosh mutaxassis Bexzod Sultonov) Toshkent shahar kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi yuridik bo‘limi (Ikrom YAqubov, mutaxassis Linara Xikmatova) hamda bir qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida “Yosh olimlar” va boshlangich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari bilan davra suhbati uyushtirildi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Jo‘rayev olib bordi. Yig‘ilishda O‘zFA bosh ilmiy kotibi B.Ibragimov nutq so‘zladi.

Mutaxassislar tomonidan shunga alohida to‘xtaldiki, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish; yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta'minlash va tadbirkorlikka jalb qilish; iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intelektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish; yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish; voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish; barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi bo‘limlardan iborat ekanligi ta'kidlandi.

Azizbek Baxodirov- Inshoatlarni seysmik mustaxkamligi instituti katta ilmiy xodimi, boshlangich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi. – Davlatimiz rahbarining deyarli barcha tadbirlar, yirik anjumanlardagi nutqlarida biz yoshlarga alohida e'tibor qaratib, yoshlarimiz faoliyati, ular erishayotgan yutuqlar haqida faxr va g‘urur bilan so‘zlashlari ham mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasidir. Bugun O‘zbekistonda boshqa mamlakatlar tajribasida uchramaydigan yo‘nalish – yoshlarni barkamol avlod etib tarbiyalashda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligining yo‘lga qo‘yilishi yosh mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida samarali natijalarga erishish imkonini bermoqda. Xususan, respublikamizda eng yirik va ommaviy jamoat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmalari tomonidan korxona, tashkilot va muasasalarda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

D.Dolimova-O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yosh olimlar kengashi raisi. Yoshlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar borasida quyidagi fikrlarni bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil          6 fevraldagi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2013 yildan buyon Yosh mutaxassislar Respublika Forumi o‘tkazib kelinmoqda. Yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mazkur Forum an'anaga aylandi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Eng faol yosh olim” namenatsiyasida ishtirok etib mana ikki yildirki  2013 yilda Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti katta ilmiy xodimi Oybek Abdulxayev, 2015 yilda Energetika va avtomatika instituti kichik ilmiy xodimi Baxtiyor Gaziyevlar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining grantiga sazovar bo‘ldilar. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi grantlari yosh mutaxassislar loyihalarini hayotga tatbiq etish va innovatsion g‘oyalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilayotgani quvonarlidir. Shu bilan birga har yili O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi va Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan hamkorlikda Respublika ilmiy amaliy konferensiyalari o‘tkazilib, iqtidorli yosh olimlar aniqlanmoqda hamda ularning orasida e'tiborga loyiq yosh olimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomnidan doimiy ravishda rag‘batlantirib kelinmoqda.

Bugungi tadbir biz yoshlarga yanada shiddat bilan ishlash imkonini berdi. Tadbirda ilmiy tadqiqot muassasalari yosh olimlar boshlangich kasaba uyushmasi raislari (jami 80 nafar) yoshlar ishtirok etdilar.

2

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar