20/02/2016
“Sog‘lom oila” shiori ostidagi oilaviy sport musobaqasining tarmoqlararo Olmazor tuman bosqichi

 

22016 yil 19 fevral kuni Olmazor tumanidagi 39-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport zalida tumandagi tarmoqlardagi ishchi-xodimlar va ularning oila a'zolari o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostidagi oilaviy sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Sport musobaqasi qizg‘in va bayramona ko‘tarinki ro‘xda boshlandi. Tadbirda tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limidan, Kamolot yoshlar ijtimoiy xarakati tuman bo‘limidan, hamda tarmoqlarning Toshkent shahar bo‘yicha mas'ul tashkilotchilari, ommaviy axborot vositalari “O‘zbekiston” va “Sport” teleradio kanali va Toshkent oqshomi va “Ishonch” gazetalaridan korrespondentlar ishtirok etdi.

Sport musobaqasida 9 ta oilalar ishtirok etdi. Ular nizomda belgilangan 7 ta shart bo‘yicha bellashishdi.

Musobaqada ota, ona va o‘g‘il farzandi bo‘lgan oilalardan birinchi o‘rinni Ta'lim, fan va madaniyat tarmog‘idan Sodiqovlar oilasi, ikkinchi o‘rinni Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tarmog‘idan Ismoilovlar oilasi, uchinchi o‘rinni Transport, yul qurilish tarmog‘idan Nuraxmedovlar oilasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqada ota, ona va qiz farzandi bo‘lgan oilalardan birinchi o‘rinni Transport, yul qurilish tarmog‘idan To‘raxo‘jayevlar oilasi, ikkinchi o‘rinni Iste'mol tovarlari va xizmat ko‘rsatish tarmog‘idan Allamurodovlar oilasi, uchinchi o‘rinni Ta'lim, fan va madaniyat tarmog‘idan Xusanovlar oilasi qo‘lga kiritdi.

Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Sodikovlar va To‘raxo‘jayevlar oilalari Toshkent shahar bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Musobaqa g‘oliblari va nominatsiyalar sovrindorlariga diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

1

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar