21/02/2016
Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tadbir

 

32016 yil 21 fevral kuni Yashnobod tumanidagi 61-sonli umumta'lim maktabi sport zalida tumandagi tarmoqlardagi ishchi-xodimlar va ularning oila a'zolari o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostidagi oilaviy sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimiyatidan, tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limidan, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limidan, tuman mahalla jamg‘armasi vakillari, ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston teleradio kanali va Toshkent oqshomi gazetasidan korrespondentlar ishtirok etdi.

Musobaqada Ota, ona va qiz farzandi bo‘lgan oilalardan birinchi o‘rinni Ta'lim, fan va madaniyat tarmog‘idan Saydaliyevlar oilasi, ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston fanlar akademiyasidan O‘lmasovlar oilasi, uchinchi o‘rinni Agrosanoat tarmog‘idan Islamovlar oilasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqada Ota, ona va o‘g‘il farzandi bo‘lgan oilalardan birinchi o‘rinni Ta'lim, fan va madaniyat tarmog‘idan Raximovlar oilasi, ikkinchi o‘rinni Transport, yul qurilish tarmog‘idan Bo‘riyevlar oilasi, uchinchi o‘rinni O‘zbekiston fanlar akademiyasidan Soatovlar oilasi qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari “Eng faol ishtiroki uchun nominatsiyasi bo‘yicha Transport, yul qurilish tarmog‘idan Norbutayevlar oilasi, “Eng chaqqon oila” nominatsiyasi bo‘yicha sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tarmog‘idan Egamberdiyevlar oilasi g‘olib deb topildi.

Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Saydaliyevlar va Raximovlar oilalari Toshkent shahar bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Musobaqa g‘oliblari va nominatsiyalar sovrindorlariga diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

1 2

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar