06/11/2013
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi komissiya tarkibi to‘g‘risida.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xay'ati hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosati

Q A R O R    Q I L A D I :
1. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi tomonidan kelishuvlarni tuzish tamoyillari asosida tarmoq kelishuvi bo‘yicha muzokaralar olib borish hamda nazoratini amalga oshiruvchi komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Komissiya a'zolariga:
-    ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 30,31,32 moddalariga binoan tarmoq Kelishuvi muddati tugagach yangi muddatga qabul qilinishi yuzasidan muzokaralarga kirishish;
-    kelishuv loyihasini tayyorlashda agentlik tasarrufidagi tashkilotlar xodimlari va ma'muriyat tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olish;
-    Xukumat Qarorlari, Davlat dasturlari yoki tizimda olib borilayotgan islohatlardan chiqib har yili kelishuvga qo‘shimcha-o‘zgartishlar kiritib borishni tashkil qilish;
-    kelishuvni bajarilishi yuzasidan har yili dekabr oyida ma'lumotlar tayyorlash va muhokama etilishini ta'minlash vazifalari yuklatilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktor o‘rinbosari R.Safayev hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari R.Kasimovga topshirilsin. 

To`liq matnni quyudagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

_word O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi komissiya tarkibi to‘g‘risida


Ijtimoiy himoya, Kelushuvlarga oid ma`lumotlar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar