05/03/2016
“Ayol borki olam munavvar”

 

??????????????????????Тa'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashi rayosatining 2016-yil 18-fevraldagi 4-26 “s” – sonli Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman kasaba uyushmalari tashkilotlarida “Ayol borki olam munavvar” mavzusida tadbirlarni o`tkazish to`g`risidagi qarori qabul qilinib, tegishli vazifalar belgilandi.

Bayram munosabati bilan joylarda bir qator tadbirlar o`tkazilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri 4-mart kuni  tuman kengashi hamda tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo`limi bilan hamkorlikda 33-umumta'lim maktabi majlislar zalida bo`lib o`tdi. Unda tashkilot va muassasalar rahbarlari, boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi raislari va tashkilotchilari ishtirok etdi.

Tadbirda tuman kengashi raisi N.Maxammatov barcha ayollarni bahorning eng go`zal bayrami bo`lmish “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan muborakbod etib, bugungi kunda jamiyatda ayollarning erishayotgan yutuqlari haqida gapirib, ta'lim sohasida ayollarning vatanimiz ravnaqi yo`lidagi tutgan o`rni g`oyat ahamiyatli ekanini ta'kidlab o`tdi.

Barcha sohada bo`lgani kabi kasaba uyushmasida ham xotin-qizlar samarali faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Tadbir davomida tuman kengashi tomonidan tashkilot va muassasalarda ishlovchi faol xotin-qizlardan 31 nafariga esdalik-bayram sovg`alari topshirildi. Tarmoq tizimidagi barcha muassasalarda bayramga bag`ishlab madaniy-ma'rifiy tadbirlar va ma'naviyat soatlari o`tkazilishi davom etmoqda.

?????????????????????? ??????????????????????

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar