06/11/2013
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi komissiya tarkibi to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosati

Q A R O R    Q I L A D I :
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi tomonidan kelishuvlarni tuzish tamoyillari asosida tarmoq kelishuvi bo‘yicha muzokaralar olib borish hamda nazoratini amalga oshiruvchi komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Komissiya a'zolariga:
-    ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 30,31,32 moddalariga binoan tarmoq Kelishuvi muddati tugagach yangi muddatga qabul qilinishi yuzasidan muzokaralarga kirishish;
-    kelishuv loyihasini tayyorlashda respublika madaniyat muassasalari xodimlari, ma'muriyat va kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olish;
-    Xukumat Qarorlari, Davlat dasturlari yoki ta'lim tizimida olib borilayotgan islohatlardan chiqib har yili kelishuvga qo‘shimcha-o‘zgartishlar kiritib borishni tashkil qilish;
-    kelishuvni bajarilishi yuzasidan har yili dekabr oyida ma'lumotlar tayyorlash va muhokama etilishini ta'minlash vazifalari yuklatilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari A.Musayev hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari R.Kasimovga topshirilsin.

To`liq matnni quyudagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

_word O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi komissiya tarkibi to‘g‘risida.


Ijtimoiy himoya, Kelushuvlarga oid ma`lumotlar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar