06/11/2013
Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining intellektual salohiyat va innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga qo‘shayotgan xissasi.

  screenshot.3Angren kompyuter va axborot texnologiyalari kasb hunar kolleji o‘rta maxsus ta'lim muassasalari ichida axborot kommunikatsion texnologiyalar yo‘nalishi mutaxassislarini tayyorlaydi. Bu esa o‘quv me'yoriy hujjatlarning tizimli va muvofiqlashtirilgan tarzda ta'minotiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.

Angren axborot texnologiyalari va sanoat kasb – hunar kolleji o‘quv jarayoni bilan hamoxang ravishda bir qancha tadbirlarda ishtirok etmoqdalar. Jumladan, 2012 yilda “Axborot tizimlari va texnologiyalari ta'lim yo‘nalishida o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish” mavzuidagi  hududiy  seminar bo‘lib o‘tdi va unda Toshkent viloyatidagi ta'lim  muassasalariga kollejda amalga oshirilgan ishlar ommalashtirildi. 2009 yilda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” bo‘yicha eng namunali ta'lim muassasasi Respublika bosqichida ishtirok etib, nufuzli o‘rinlarni egalladi.

Ta'lim muassasasi o‘quv, uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlar borasida Oliy ta'lim muassasalari bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Bugungi kunda ushbu hamkorlik bois ta'lim muassasasida o‘qituvchilar tomonidan darslarni ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida va eng yangi axborot-kommunikatsiya vositalari  yordamida tashkil etish hamda dars  jarayonida  interfaol  usullardan pedagogik  amaliyotda samarali foydalanishga erishilmoqda.

Kasbiy pedagogika bo‘yicha xodimlar “GTZ” loyixasi doirasida(didaktika va metodika bo‘yicha) multiplikatorlar yo‘nalishida malakalarini oshirganlar va bir qancha xalqaro sertifakatlar soxibi bo‘lganlar. 

Kollejda olib borilayotgan izchil isloxatlar natijasida kollej o‘quvchilari «Kelajak ovozi» yoshlar tanlovining Respublika bosqichida “Axborot texnologiyalari” nominatsiyasi  g‘olibi, «Mahorat»  ko‘rik tanlovida “Iqtidorli dasturchi” nominatsiyasi sovrindorlari bo‘ldilar. Shuningdek, “Midle  Azia” Sankt Peterburg yosh dasturchilar tanlovi uchinchi o‘rin soxibi, IMPC-2006 yosh matematik loyixalar xalqaro tanlovi bronza medali soxibi, Matematika fanidan  MDU “Kolmogorov o‘qishlari -2007” tanlovi bronza medali soxibiga aylandilar. 

Kollejda faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarni ilmiy-malakaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ularning iqtidor va shijoatlari ta'lim samaradorligining muhim omili desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Ammo qachon pedagog ijobiy natijalarga erishishi mumkin, qachonki uning ijtimoiy-iqtisodiy himoyasi ta'minlangan bo‘lsa. Bu borada kollej boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. 

screenshot.2

2012 yil oyi davomida kollej kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan  madaniy-ommaviy tadbirlarga jami 1287,0 ming so‘m mablag‘ sarflandi. 9 may “Xotira va qadrlash kuni” bayramida Afg‘on urushi qatnashchisi Sotiboldiyev Rahimga 41,0 ming so‘mlik sovg‘a berildi. Kollej xodimlari Riskulov Xoshim va Mutalova Shaxlolar yubiley sanalari munosabati bilan  87,5 ming so‘mlik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Kollej xodimlarining farzandlarini sog‘ligini tiklash uchun yozgi shahardan tashqari  sog‘lomlashtirish oromgoxiga 9 ta yo‘llanma berildi, bu maqsad uchun 601,9 ming so‘m mablag‘ sarflandi. 

Kollej xodimlarini jismonan chiniqtirish, sog‘lomlashtirish maqsadida muntazam ravishda xodimlar o‘rtasida voleybol, mini futbol, stol tennisi, shaxmat,shashka turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.Ushbu musobaqalarga jami 881,4 ming so‘m mablag‘ sarflandi. 

Kasaba uyushma a'zolariga moddiy yordam ko‘rsatish ishlariga – 699,3 ming so‘m sarflandi.  Kolledjda ishlaydigan  kam ta'minlangan xodimlarimizga shahar kengashi tomonidan  68,6 ming so‘mlik qishloq-xujalik (kartoshka, piyoz)   maxsulotlari  berildi.  Kam ta'minlangan, oilada boquvchisini va yaqin qarindoshlarini yo‘qotgan xodimlarimiz  uchun  479,7 ming so‘mlik  moddiy yordamlar ajratildi. 12 nafar kam ta'minlangan kollej uquvchilari uchun  eng kam ish xaqining 20% miqdorida  jami 151,0 ming so‘m miqdorida moddiy yordamlar berildi. Kasaba uyushmasi faollarini rag‘batlantirishga 272,4 ming so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, yil davomida kasaba uyushma a'zolari, ya'ni kollej xodimlari respublikamizning so‘lim go‘shalarida joylashgan sanatoriylarda sog‘liklarini tikladilar. 

Bu kabi olib borilayotgan hayrli ishlar kollej faoliyatining kundalik vazifalaridan biriga aylanib qolgan. Tarmoq kasaba uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan turli ko‘rik-tanlovlarda, o‘quv-seminarlarda  faol ishtirok etib, yanada ijobiy natijalarga erishishiga umid qilamiz.  

Angren kompyuter va axborot texnologiyalari kasb hunar kolleji o‘rta maxsus ta'lim muassasalari ichida axborot kommunikatsion texnologiyalar yo‘nalishi mutaxassislarini tayyorlaydi. Bu esa o‘quv me'yoriy hujjatlarning tizimli va muvofiqlashtirilgan tarzda ta'minotiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.

screenshot.1

Ijtimoiy himoya, Yangiliklar

Izlash

So`ngi e`lonlar