06/11/2013
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2013 yil 26 yanvar “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida jamoa shartnomalari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish, qabul qilingan jamoa shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash Tartibi” to‘g‘risida”gi 9-20-sonli qarori haqida.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 

2013 yil 26 yanvar “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida jamoa shartnomalari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish, qabul qilingan jamoa shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash Tartibi” to‘g‘risida”gi 9-20-sonli qarori haqida.

O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Markaziy kengashi Rayosati qaror qiladi:

 1.O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2013 yil 26 yanvar “Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida jamoa shartnomalari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish, qabul qilingan jamoa shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash Tartibi” to‘g‘risida”gi  qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin (ilova kilinadi).  

2.Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Toshkent shahar madaniyat muassasalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi  qo‘mitalariga (kelgusida Markaziy kengashning mas'ul tashkilotchilariga):  

-mazkur “Tartib”ni tarmoq kasaba uyushmasi tashkilotlariga yetkazish va ushbu “Tartib” talablari asosida faoliyatlarini olib borishlarini nazorat qilish;

-2013 yilning 15 fevraligacha barcha amaldagi jamoa shartnomalarini inventarizatsiyadan o‘tkazilishini va inventarizatsiya natijalari Markaziy kengashning xududlar bo‘yicha mas'ul tashkilotchilariga topshirilishini ta'minlasinlar;

-kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari raislari va saylanma organ a'zolarini fevral-aprel oylarida boshlang‘ich tashkilotlarda o‘tkaziladigan jamoa shartnomalri bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish(konferensiya)larida faol ishtirok etishlarini nazorat qilish vazifalari topshirilsin.

3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy kengash raisi o‘rinbosari R.Kasimovga yuklatilsin.

To`liq matnni quyudagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

_word 7-27 qaror


Ijtimoiy himoya

Izlash

 

So`ngi e`lonlar