06/11/2013
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2013 yil 26 yanvar “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma organlari tomonidan ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishning namunaviy tartibi” to‘g‘risida”gi 9-22-sonli qarori haqida.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 

2013 yil 26 yanvar“ O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma organlari tomonidan ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishning namunaviy tartibi” to‘g‘risida”gi  9-22-sonli  qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Markaziy kengashi Rayosati qaror qiladi:

1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining          2013 yil 26 yanvar“ O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma organlari tomonidan ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishning namunaviy tartibi” to‘g‘risida”gi         9-22-sonli  qarori  rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.  

2. Markaziy kengashning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hududlari bo‘yicha mas'ul tashkilotchilari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Toshkent shahar madaniyat muassasalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi  qo‘mitalariga

-    mazkur namunaviy Tartib (ilova qilinadi) tarmoq kasaba uyushmasining barcha tashkilotlariga yetkazilishini ta'minlash;

-    ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik  nazoratini olib  borishda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma organlari tomonidan ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishning namunaviy Tartibi”ga to‘liq rioya etilishini nazorat qilish topshirilsin.

3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy kengash raisi o‘rinbosari R.Kasimovga yuklatilsin.

Markaziy kengash raisi                                                        R. Bedilov

To`liq matnni quyudagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

_word 7-13 qaror


Ijtimoiy himoya

Izlash

 

So`ngi e`lonlar