20/04/2016
O‘qituvchilarning an’anaviy spartakiadasi

 

SAM_9624Korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali salomatligini tiklashga ko‘maklashish, sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, xodimlarni turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilish maqsadida Sherobod tuman kengashi tomonidan 2016 yil 19 aprel kuni tuman sport majmuasida M.Allado‘sov xotirasiga bag‘ishlangan o‘qituvchilarning XXII an'anaviy spartakiadasi o‘tkazildi.

Spartakiada sportning 7 turi, ya'ni mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletiga, armrestling bo‘yicha tashkil etildi. Musobaqalarda futbol turi bo‘yicha 1-o‘rin 66-umumta'lim maktabi jamoasiga, 2-o‘rin 3-umumta'lim maktabi jamoasiga, 3-o‘rin 15-umumta'lim maktabi jamoasiga, ayollar voleyboli bo‘yicha 1-o‘rin 11- umumta'lim maktabi ayollar jamoasiga, 2-o‘rin 56- umumta'lim maktabi ayollar jamoasiga, 3-o‘rin 13- umumta'lim maktabi ayollar jamoasiga, shashka sport turi(erkak) 1-o‘rin 29- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi S.Baratovga, 2-o‘rin 52- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi A.Chorshvnbiyevga, 3-o‘rin 20- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi N.Jovliyevga, shashka sport turi(ayol) 1-o‘rin 32- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi M.Xojidinovaga, 2-o‘rin 9- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Z.Murodovaga, 3-o‘rin 11-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi K.Pardayevaga, shaxmat sport turi(erkak) 1-o‘rin 9-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi B.Allanazarovga, 2-o‘rin 13- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi N.Odilovga, 3-o‘rin 40- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi B.Shukurovga, shaxmat sport turi(ayol) 1-o‘rin 29- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi S.Choriyevaga, 2-o‘rin 20-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi S.Beknazarovaga, 3-o‘rin 46- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi S.Sultonovaga, yengil atletika sport turi(erkak) 1-o‘rin 46- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi O.Tojiyevga, 2-o‘rin 54- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi A.Toshmurodovga, 3-o‘rin 56- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi U.Tojiyevga, yengil atletika sport turi(ayol) 1-o‘rin 17-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi N.Toshmirzayevaga, 2-o‘rin 52- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi M.Shoymardonovaga, 3-o‘rin 46-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi O‘.Jumayevaga, stol tennisi sport turi(erkak) 1-o‘rin 38-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi O‘.Xudoymurodovga, 2-o‘rin 32-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi M.Qurbonovga, 3-o‘rin 41- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Sh.Xo‘jayorovga, stol tennisi sport turi(ayol) 1-o‘rin 3-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi M.Aliqulovaga, 2-o‘rin 52-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi O‘.Mattiyevaga, 3-o‘rin 15-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi D.Yaxshiboyevaga, qo‘l kuchi sport turi bo‘yicha(erkak) 1-o‘rin 1-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi E.Qurbonovga, 2-o‘rin 49-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi N.Normurodovga, 3-o‘rin 11- umumta'lim maktabi o‘qituvchisi M.Qurbonovga nasib etdi.     

Musobaqa g‘oliblari tuman ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi va tuman xalq ta'limi faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Sport musobaqasi viloyat televideniyesi orqali keng yoritildi.

SAM_9618 SAM_9668 SAM_9709 SAM_9644


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar