21/04/2016
Bitiruvchilar uchun o‘quvlar

 

Жондор иктисод КҲКBuxoro viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamda viloyat o‘rta maxsus kasb-xunar ta'lim boshqarmasining xamkorlikdagi tadbirlariga asosan 2016 yil aprel oyida ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari tomonidan kasb -hunar kollejlari bitiruvchilari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi.  Kasb-hunar kollejlari ma'muriyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quvlarda kasaba uyushmasi xodimlari tomonidan tayyorlangan “Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining ishga joylashganda ularning mehnat huquqi kafolatlari va imtiyozlari”, “Jamoa shartnomalari orqali yoshlarga belgilangan imtiyoz va kafolatlar”, “Ish joylarida mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan imtiyoz va kafolatlar” mavzuidagi ma'ruzalar tinglandi. O‘quv-seminarda ishtirok etgan bitiruvchilarga “Kasb-xunar kolleji bitiruvchisi uchun ishga qabul qilish tadbirlari, mehnat qonunchiligi, yoshlar uchun imtiyoz va kafolatlar” to‘g‘risidagi eslatma varaqalari tarqatildi. Mutaxassislar tomonidan bitiruvchilarning savollariga batafsil javob berildi.

Вобкент Иктисодиёт расм

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar