22/04/2016
Huquqiy bilimdonlik-davr talabi

 

3Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro tuman kengashi tomonidan ish beruvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Mehnat qonunchiligi amalda” mavzuida o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi. Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlariga amaliy yordam ko‘rsatish, tashkilotlarda mehnat qonunchiligini amaliyotda qo‘llanilishida xato va kamchiliklarning oldini olish maqsadida tumandagi 1-son maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan o‘quv-seminarda 26 nafar maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi. Buxoro viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi yuridik bo‘limi yetakchi yuristkonsulti Choriyev Hamro Jabborovichning “Ish yuritishda mehnat qonunchiligiga rioya qilish” mavzuidagi ma'ruzasi tinglandi. O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyat buyicha mas'ul tashkilotchisi R.K.Nosirova o‘z ma'ruzasida maktabgacha ta'lim muassasalarida mehnat qonunchiligi talabalariga rioya qilinishida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar va tushuntirishlar berib o‘tildi. Seminar ishtirokchilari bilan mehnat shartnomasini tuzish, buyruqlarni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Tadbir davomida maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga aniq javoblar oldilar. Seminar davomida olingan bilim, ko‘nikmalar amalda mukammal qo‘llanilishi zarurligi alohida ta'kidlab o‘tildi. 

1 2

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar