28/04/2016
Xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi ustuvor vazifa

 

???????????????????????????????Ayol kishini jamiyatdagi o‘rni, muammolarni hal qilishdagi ishtiroki, qonun oldida teng huquqliligi va boshqa ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan masalalar bugun davlatimiz diqqat markazida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Savdo – sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2014 – 2016 yillar uchun imzolangan Bosh kelishuvning VIII bo‘limida ayollar va yoshlarga imtiyozlar berish, ular uchun ma'naviy va moddiy qo‘llab – quvvatlash choralarini qo‘llash, ayollar huquq va imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan masalalar nazarda tutilgan. Shuningdek, xalqaro va milliy mehnat standartlarini O‘zbekistonda joriy etilishi yuzasidan o‘quv-seminar va treninglar o‘tkazish vazifasi tarmoq kelishuvlari va jamoa shartnomalarida ham belgilangan.

Bugungi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Xotin-qizlar kengashi hamda barcha bo‘g‘in kasaba uyushmasi tashkilotlarida esa xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari faoliyat yuritmoqda. Xotin – qizlarning kasaba uyushmasi tashkilotlaridagi salmog‘i ham xotin-qizlarga bo‘lgan e'tibor natijasidir.

O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi a'zolarining 60,7 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. Shu bois xotin-qizlar borasida tizimli ishlar amalga oshirish ko‘lami kengaymoqda.

Respublika kengashi qoshida tuzilgan xotin – qizlar bilan ishlash komissiyasining ish rejasi hamda “Sog‘lom ona va bola yili” dasturida xotin – qizlarning ijtimoiy – iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari, ularning mehnat muhofazasini ta'minlashga qaratilgan tadbirlar o‘z aksini topgan.

O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 2016 yil 28 aprelda “Xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi ustuvor vazifa” mavzusida Andijon viloyatida tashkil etilgan Respublika seminar – treningida asosiy e'tibor xotin-qizlar uchun mehnat sohasida berilayotgan imtiyozlar masalasiga qaratildi. Trening ishtirokchilari xotin – qizlar bilan ishlash komissiyasi vakillari, ish beruvchilar hamda kasaba uyushmasi faollaridan iborat bo‘ldi.

Treningda milliy va xalqaro mehnat standartlari, mehnat munosabatlari sohasidagi ijtimoiy sheriklik, mehnat qonunchiligi, jamoa shartnomalari orqali xotin – qizlarga beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar borasida ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari oshirildi. Shuningdek, treningda tarmoq tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ular mehnatini muhofaza qilish, salomatliklarini mustahkamlash yo‘nalishlaridagi ishlar sifati va samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mehnat qonunchiligiga oid mashqlar ishtirokchilar tomonidan guruhlarga bo‘lingan holda amalga oshirildi. Ish beruvchilar va kasaba uyushma faollari guruhi tuzilib, jamoa shartnomasi orqali xotin-qizlarga munosib mehnat sharoitlari yaratilishi borasida bellashuv ham o‘tkazildi.

2016 yilning birinchi choragi davomida tashkilot va muassasalarda imzolanadigan jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 96 nafar ayollarga 18716,0 ming so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. Shundan, 9531,0 ming so‘mi ish beruvchi hisobidan amalga oshirildi. 5 nafar ayollarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar shuningdek, uy joy qurilishi uchun oilalarga foizsiz ssudalar berish maqsadida 73500,0 ming so‘m mablag‘ sarflandi. 72 nafar farzandlari 2 yoshdan 3 yoshgacha to‘lgunga qadar bo‘lgan yosh onalarga 26350,0 ming so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. Shundan 24650,0 ming so‘mi ish beruvchi hisobidan amalga oshirildi. 5 nafar xodimlar farzandlari sport to‘garaklariga qatnashi xarajatlari qoplandi. 21 nafar oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talaba qizlari uchun shartnoma pullarining bir qismi qoplandi. 98 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan yosh xotin-qizlarni boshqa kasbga o‘rgatish, malakasini oshirish ishlari uchun 6416,9 ming so‘m mablag‘ ajratildi. Shuningdek, ular kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan “Sog‘lom oila”, “Velomarofon” kabi sport musobaqalariga jalb etildi.

Trening yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga beriladigan imtiyoz va kafolatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda bu borada ish beruvchilar mas'uliyatini kuchaytirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar kelishib olindi.

??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? ???????????????????????????????


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar