06/11/2013
Ijtimoiy-mehnat munosabatlari yangi bosqichda

O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi va tarmoq kasaba uyushmasi tasarrufidagi barcha tashkilotlar davlatimizning sohaga oid qonunlari, o‘z Ustavi, kasaba uyushmalari Federatsiyasining V Qurultoy Rezolyutsiyasi hamda ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining I qurultoy qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2011-2013 yillar uchun qabul qilingan Bosh kelishuv asosida ish olib bormoqdalar. YUqoridagilardan kelib chiqib, tarmoq kasaba uyushmasi o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olgan.

Mazkur ustuvor yo‘nalishlar asosida ish olib borilishi kasaba uyushmasi oldida turgan qator muammolarni hal etish, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash hamda mavqyeini oshirish imkoniyatlarini yaratmoqda.

Xammamizga ma'lumki, mamlakatimizda ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor munosabatlari tarkib topmoqda. Bu kasaba uyushmalarining amaldagi faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish vazifasini kun tartibiga qat'iy qo‘ymoqda. Bu esa ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solishning o‘ziga xos bir mezoniga aylangan “ijtimoiy sherikchilik” tamoyiliga asoslanish zaruriyatini taqazo etmoqda. 

Markaziy kengash o‘z faoliyati yo‘nalishidagi vazifalarni amalga oshirishda ana shu mezonga amal qildi. 

Bu so‘zsiz, faoliyatimizda o‘ziga xos burilishlar, yangi tashabbuslar va g‘oyalarni ilgari surishni, boshqacha aytganda, tarmoq kasaba uyushmasi tuzilmasining zamon bilan hamnafas holda yangicha sharoitda ishlashini taqazo etadi. Zero, yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, “Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabidir”. 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “2013 yil – Boshlang‘ich tashkilotlar yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishda kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlarining rolini yanada oshirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Kengashlar tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faolligini yanada oshirish, bu orqali mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari himoyasini kuchaytirish, ma'naviyatlarini yuksaltirish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Tarmoq muassasalari tomonidan joylarda aholi bandligini ta'minlash maqsadida yangi ish o‘rinlari joriy qilinib, byudjet va boshqa manbalar asosida topilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat kuchaytirildi.

Shuningdek, jamoa shartnomalari ekspertizasi sifatini oshirish maqsadida vazirliklar, idoralar, oliy ta'lim muassasalari hamda 1000 dan ortiq xodimlar soniga ega bo‘lgan tashkilotlarning jamoa shartnomalari tahlil qilinib, ekspertizadan o‘tkazilmoqda. 

Bosh kelishuv va tarmoq kelishuvlari asosida jamoa shartnomalari va kelishuvlar sifatiga e'tibor qaratilib, keng jamoatchilikning muhokamasidan o‘tkazilmoqda, yangi muddatlarga qabul qilish va bajarilishi monitoringini olib borilmoqda. 

rasm

Yuqoridagilardan kelib chiqib, katta intellektual kuchga ega bo‘lgan kasaba uyushmasi tashkilotlarimizning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarga e'tiborimizni qaratishimiz lozim:

Ijtimoiy sherikchilik tamoyillariga asoslangan holda tarmoq kelishuvlari va shartnomalari orqali xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishning huquqiy asosdagi samaradorligini oshirish muhim vazifamiz ekanligini unutmasligimiz kerak. 

Ta'lim tizimining muntazam va mustahkam  rivojlanishiga tarmoq kasaba uyushmasining hissasini qo‘shish, pedagogik kadrlarning statusini oshirish, kasaba uyushmasi a'zolarining ijtimoiy-iqtisodiy 

huquqlarini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish,  huquq va qonuniy manfaatlarini qat'iy himoya qilish kundalik vazifamizdir. 
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, ish joylarida qo‘nimliligini ta'minlash, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida korxona va tashkilotlarga biriktirish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratish, yangi ish o‘rinlari yaratish va bandlikka ko‘maklashishga qaratilgan bu kabi tadbirlarda kasaba uyushma tashkilotlari faol ishtirok etishi lozim.   

Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalari, jumladan 182-sonli “Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini ta'qiqlash va yo‘q qilish yuzasidan shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi Konvensiyasi bajarilishiga ko‘maklashish va ustidan tizimli monitoring o‘tkazish tarmoq kasaba uyushmasining asosiy vazifalaridan biridir. 

Kasaba uyushmasi byudjeti mablag‘laridan tejab foydalanishga qaratilgan choralar ko‘rilishini ta'minlash, ish beruvchilar bilan hamkorlikda byudjetdan tashqari ishlab topilgan mablag‘lar hisobidan kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p bolali, yolg‘iz, keksa, nogiron xodimlar, yetim talaba-o‘quvchilarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada rivojlantirishimiz kerak.

Ijtimoiy sherikchilik borasida tarmoq kasaba uyushma tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini ifodalash va himoyalashda ijtimoiy kafolatlar ko‘lamini kengaytirish, ularni tarmoq faoliyatiga tatbiq etish mexanizmini takomillashtirishlari lozim.


Ijtimoiy himoya, Ijtimoiy himoyaga oid ma`lumotlar, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar