02/06/2016
Iste’dodli yosh olimlar tanlovi

 

20160531_122918Buxoro davlat universitetida eng ilg‘or ilm-fan va taraqqiyot sirlarini o‘zlashtirish, xorijiy tillarni, axborot texnologiyalarini puxta egallash va bugungi zamon talablariga javob beradigan yetuk mutaxassislar tayyorlash uchun barcha sharoitlar muhayyo. Oliy o‘quv yurtida 35 yoshgacha 8 nafar fan nomzodi-dotsent, 34 nafar ilmiy xodim izlanuvchi faoliyat olib bormoqda. Yosh mutaxassislar davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajarilayotgan 8ta fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarda tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, yosh olimlarning qobiliyatlarini rivojlantirish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarning kasbiy aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashishlariga zamin yaratish maqsadida Buxoro davlat universitetida joriy yilning 5-30 may kunlari “Eng faol yosh olim” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda fizika-matematika fakultetidan Sh.Fayziyev, tabiiy fanlar fakultetidan N.Nazarov, ijtimoiy-iqtisodiy fakultetdan Q.Dilmonov, pedagogika fakultetidan A.To‘rayev, jismoniy-madaniyat fakultetidan M.Abdullayev, filologiya fakultetidan D.Achilova va harbiy fakultetidan A.Uzoqovlar ishtirok etdilar.

Tanlov komissiyasi tomonidan yosh olimlarning tanlov Nizomi hamda mezonlarga asosan tayyorlagan hujjatlarini o‘rganildi, ularning bilim darajasi savol-javob, suhbat orqali sinab ko‘rildi va baholandi.

Tanlov ishtirokchilari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatlarini yorituvchi taqdimotni namoyish etdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra, mehnat kafedrasi o‘qituvchisi, yosh ilmiy tadqiqotchi A.A.To‘rayev eng ko‘p ball to‘plab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

- Bizdek yoshlarning zamonaviy bilim va taraqqiyot sirlarini puxta egallab, hech kimdan kam bo‘lmasdan, katta shijoat bilan mustaqil qadam qo‘yib hayotga kirib borayotganligi zamirida, hech shubhasiz, davlatimizning, shaxsan muhtaram Yurtboshimizning e'tibor va g‘amxo‘rliklari mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Kasaba uyushmalari tomonidan har yili o‘tkazib kelinayotgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi yoshlarga o‘z iste'dodlarini namoyon etishlari uchun berilayotgan imkoniyatlardan biri. “Eng faol yosh olim” tanlovida ishtirok etib, tengdoshlarimiz tajribalarini o‘rgandik. Bu tadbir biz uchun o‘ziga xos maktab bo‘ldi-deydi Akmal To‘rayev.

20160531_12293320160531_122920

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar