03/06/2016
Bolalarga bering dunyoni

 

DSC_0109Bolalar-mustaqil O‘zbekistonimizning kelajagi. Ularning yuzidagi tabassum, ko‘zidagi quvonchni ko‘rib, yurtimiz haqiqatda ham baxtli bolalar mamlakati ekanligiga yana bir bor ishonch hosil etamiz.

Kasaba uyushmalari ham yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lomlashtirish, iste'dodlarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida izchil tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tomonidan “Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan “Kasaba uyushmalari- bolalarga” aksiyasi doirasida qator tadbirlar tashkil etildi.

Bayram arafasida tarmoq tashkilotlari va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 80 nafar kam ta'minlangan oilalar farzandlari “Shirin” bolalar dam olish majmuasiga  bayram tadbiriga taklif etildi. Viloyat qo‘g‘irchoq teatrining bayram dasturi, bolajonlarning musiqiy chikishlari, qiziqarli ko‘ngilochar o‘yinlar bolajonlarga manzur bo‘ldi.

Shuningdek, Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini bayram bilan qutlab, ularga o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

DSC_0024 DSC_0098

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar