06/06/2016
O‘z kasbining mohir egalariga e’tirof

 

1O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbirini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha 2014 yil 14 aprel 16-76”s” sonli qaori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Nizom asosida mehnatkashlarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi va ijodkorlik qobiliyatlarini rag‘batlantirish orqali ularning professional darajasini oshirish hamda ijtimoiy faoliyatga keng jalb etish, turli sohalarda mehnat qilayotgan mohir kasb egalariga yosh mutaxassislarni biriktirish orqali yoshlarning kasbiy mahoratini oshirishga erishish, shuningdek “Ustoz-shogird” an'analarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ana shunday taqdirlash tadbiri kasaba uyushmalari tizimida har ikki yildan 5 bosqichda o‘tkazilmoqda.

2016 yil 2 iyun kuni Urganch Davlat Universitetida boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasi tomonidan Universitet ma'muriyat bilan hamkorlikda “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.

Boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasiga kasblardan kelib tushgan xujjatlar asosida nomzodlar faoliyati maxsus komissiya tomonidan o‘rganib chiqildi. Shuningdek, komissiya tomonidan viloyat bosqichida ishtirok qilish uchun loyiq deb topilgan kasb egalarining o‘z mehnat faoliyatlari to‘g‘risidagi taqdimotlarini ham ko‘rib chiqdilar.

Taqdirlash tadbirini o‘tkazuvchi komissiya xulosasiga ko‘ra Universitetning Informatika va AT kafedrasi mudiri Matlatipov G‘ayrat Raximboyevich, Ingliz tili kafedrasi mudiri Ermetova Jamila Ismailovna nomzodi viloyat bosqichida ishtirok qilish uchun tavsiya qilindi.

G‘olib bo‘lgan kasb egalari va belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha tadbirda ishtirok etgan xodimlar universitetning tajribali xodimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida Urganch Davlat Universiteti boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasining Faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2 3 4

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar