27/04/2016
“Eng namunali talabalar uyi” ko‘rik-tanlovi

 

1O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 2015 yil 02 noyabrda 1/17 s-sonli Rayosat qarori qabul qilinib, barcha hududlarga yetkazildi.

“Eng namunali talabalar uyi” ko‘rik-tanlovi bo‘yicha ishchi komissiyaga taqdim etilgan 13ta muassasalar hujjatlari Nizom talablariga ko‘ra, Respublika kengashining hududlar bo‘yicha mas'ul tashkilotchilari boshchiligida tuzilgan uch kishidan iborat hududiy komissiyasi tomonidan taqdim etilgan baholash natijalari asosida chuqur tahlil etilib, yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan muassasalar Respublika kengashining mas'ul xodimlari tomonidan Andijon davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Navoiy davlat pedogogika instituti, Qo‘qon davlat pedogogika instituti, Urgench davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti oliy o‘quv yurtlari talabalar uylari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish natijalari hamda hududiy komissiya tomonidan qo‘yilgan ballarni hisobga olgan holda qo‘rik-tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

“Eng namunali talabalar uyi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida quyidagicha tartibda g‘oliblar deb e'tirof etildi:

1.       Urgench davlat universitetining talabalar uyi;      

2.       Buxoro davlat universitetining talabalar uyi;     

3.       Toshkent davlat texnika universitetining talabalar uyi.      

 

“Eng namunali talabalar uyi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar uylarini tantanali tarzda taqdirlash marosimi 2016 yilning 27 aprel kuni Federatsiya Kengashining O‘quv markazida bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovning taqdirlash marosimida Yoshlar radiokanali, “Ma'rifat”, “Pravda vostoka”, “Xalq so‘zi” gazetalari vakillari ishtirok etishdi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi belgilandi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar