27/04/2016
“Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”

 

Page1O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 05 fevraldagi “Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazish to‘g‘risida”gi 21-10 “s”-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining tomonidan 2015 yil 6 fevralda 14/35 “o”sonli Rayosat qarori qabul qilinib, barcha quyi tashkilotlarga yetkazilgan.

Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan ko‘rik-tanlovning “Eng yaxshi korxona”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi” va “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil” nominatsiyalari bo‘yicha ishchi komissiyaga taqdim etilgan 31ta muassasalar hujjatlari Nizom talablariga ko‘ra, hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari kengashlari komissiyasi tomonidan taqdim etilgan baholash natijalari asosida chuqur tahlil etilib, yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tashkilotlar Respublika kengashining xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish natijalari hamda tarmoq tashkilotlari kesimida jamlangan ballarni hisobga olgan holda qo‘rik-tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

“Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning Respublika bosqichida quyidagicha tartibda g‘oliblar deb e'tirof etildi:

 

“Eng yaxshi korxona” nominatsiyasi bo‘yicha

 

1.       Genomika va bioinformatika markazi;

2.       Jizzax politexnika instituti;

3.       Nukus davlat pedogogika instituti.

 

“Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi” nominatsiyasi bo‘yicha

 

1.       Yangiyo‘l tumani 27-umumta'lim maktabi;

2.       Qarshi davlat universiteti;

3.       Oltinko‘l tumani 10-umumta'lim maktabi.

 

“Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil” nominatsiyasi bo‘yicha

 

1.       Rasulov Nodir Erkinovich (Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji);

2.       Boyturayeva Shaxnoza Shuxratovna (Oxangaron tumani 54-umumta'lim maktabi);

3.       Sayfullayev Davron (Oqoltin tuman bolalar musiqa va san'at maktabi).

 

“Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalar, kasaba uyushma qo‘mitalari hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillarini tantanali tarzda taqdirlash marosimi 2016 yilning 27 aprel kuni Federatsiya Kengashining O‘quv markazida bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovning taqdirlash marosimida Yoshlar radiokanali, “Ma'rifat”, “Pravda vostoka” gazetalari vakillari ishtirok etishdi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi belgilandi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar