07/06/2016
“Universiada 2016” g‘oliblari e’tirof etildi

 

???????????????????????????????Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlar zaminida aholi ayniqsa yoshlarning baxti va farovon hayot kechirishi, ezgu orzu istaklarini ro‘yobga chiqarishiga keng imkoniyatlar yaratish maqsadi mujassam. “Universiada-2016” sport o‘yinlari davomida bu maqsadlarning ijobati yana bir karra namoyon bo‘ldi.

Farg‘onada o‘tkazilgan “Universiada-2016” musobaqalarida Buxoro viloyati jamoasi tarkibida 41 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Qizg‘in o‘tkazilgan bahslarda Buxoro davlat universiteti va Buxoro muhandislik va texnologiya instituti talabalari sportning 6 turi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Nigina Sharipova yengil atletika, Sardov Do‘stmuradov og‘ir atletika, Mirzabek Raxmatov yunon rum kurashi musobaqalarida tengdoshlari orasida eng kuchli ekanliklarini isbotlab, faxrli 1-o‘rinni egalladilar. Nigina Haydarova, Avez Idiyev, Azizjon Soliyev, Sanjar Jo‘rayev, Mironshox Ibragimov, Akmalshox To‘rayev, Yekatirina Ilina, Azizjon Luqmonovlarga sport musobaqalarida shohsupaning 2-3 o‘rinlari nasib etdi.

Buxoro davlat universiteti “Jismoniy madaniyat” fakulteti talabalaridan Nigina Sharipova, Sardor Do‘stmurodov Braziliyada o‘tkaziladigan “Olimpiada-2016” musobaqalariga qatnashish uchun, Sharif Xalilov paralimpiada musobaqalariga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Oliy o‘quv yurti ma'muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasining tashabbusi bilan “Universiada-2016” g‘oliblari bilan keng jamoatchilik vakillari, talabalarning uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.To‘yeva, universitet rektori A.To‘laganovlar g‘olib sportchilar, ularning ota-onlari va murabbiylarini muvaffaqiyatlari bilan qutladilar. Tadbirda musobaqa g‘oliblari va murabbiylari viloyat hokimining faxriy yorliqlari, universitet ma'muriyatining pul mukofotlari hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasining sovg‘alari bilan taqdirlandi.

??????????????????????????????? ???????????????????????????????

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar