08/06/2016
Eng faol yosh sport murabbiysi

 

???????????????????????????????O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash hamda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tomonidan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining “Eng faol yosh sport murabbiysi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovning shahar bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda tanlvov 1-bosqichining 8 nafar g‘oliblari – yosh sport murabbiylari ishtirok etdilar. Ko‘rik-tanlov ishchi komississiyasi ishtirokchilarni baholashda ularning faoliyatiga doir hujjatlarni ko‘rib chiqib, ularning sport sohasida erishgan yutuqlari, chet tillarini o‘zlashtirganligi, mehnat qonunchiligiga oid bilimlardan xabardorlik darajasi mezonlariga tayandi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Buxoro shahridagi 12-olimpiya zahiralari sport-maktab internati yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiysi Ali Akbar Gulyamov egalladi.

“Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, bolalar va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi ularni kuchli va irodali, hayotda uchraydigan sinov va qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qodir insonlar etib tarbiyalashda g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Kasaba uyushmalari tomonidan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovida “Yilning eng faol yosh murabbiyi” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etayotganligimdan xursandman. Tanlov yosh mutaxassislarni o‘z ustida muntazam ishlashga, kasb sirlarini chuqur o‘rganib, sadoqat ila mehnat qilishga chorlaydi”-deydi iste'dodli yosh murabbiy Ali Akbar Gulyamov.

???????????????????????????????

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar