27/05/2016
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalarida “Yilning eng faol yosh olimi” tanlovi boshlandi

 

4O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash hamda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, ularning kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘rtasida tuzilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovini o‘tkazish hamda “Yosh mutaxassislar” Respublika Forumini tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xay'ati va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi Rayosatining qarori qabul qilindi.

Bunga asosan joriy yilning 26 may kuni ilmiy tadqiqot muassasalari Yosh olimlar kengashi, boshlangich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari va tanlovda qatnashish istagini bildirgan yosh olimlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, tanlov o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi raisi o‘rinbosari Sh.Jo‘rayev olib bordi. Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar.

Shuningdek joylarda Yosh olimlar olib borayotgan izlanishlari dolzarb hamda O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilganligiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda Fanlar akademiyasi tassarrufidagi barcha ilmiy tadqiqot muassasalarida, mintaqaviy bo‘limlarida 100 dan ortiq yosh olimlar baxslarga kirishganlar.  

0 ??????????????????????????????? ??????????????????????????????? 3

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar