15/06/2016
Tanlovining II – shahar bosqichi

 

 

Абдусаидов Нодир-Йилнинг энг фаол ёш спорт мураббийи (1)Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashi tomonidan Guliston shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda 2016 yil 8 iyun kuni Guliston shahridagi Bolalar-o‘smirlar sport maktabida 6 nafar 35 yoshgacha bo‘lgan sport murabbiylari o‘rtasida “Eng faol yosh sport murabbiyi” tanlovining II – shahar bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tanlovning shartlariga ko‘ra Xakamlar xay'ati tomonidan nomzodlarning sport sohasidagi umumiy ish staji, chet (ingliz) tilini bilishi, mehnat huquqini o‘zlashtirganlik darajasi, qo‘lga kiritgan yutuqlari, o‘z kasbi bo‘yicha qilgan yangiliklari, ixtirolari, ishlanma, patentlari, murabbiy sifatida shogirdlarini erishgan yutuqlari, fotoalbomlari, videolavha va slaydlari o‘rganib tahlil qilinib, “Eng faol yosh sport murabbiyi” tanlovining 2-bosqichi g‘olibi aniqlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra Guliston shaxar Bolalar – o‘smirlar sport maktabining “Shotokan karate-do” bo‘yicha murabbiyi Abdusaidov Nodir O‘sarovich mutlaq g‘oliblikka erishib viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar