16/06/2016
Iste’dodli yoshlar ko‘rigi

 

Бухоро Энг фаол ёш олим 2016 (3)Kasaba uyushmalari yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, yosh mutaxassislarning yangi loyihalari, innovatsion g‘oyalari, izlanishlarini qo‘llab – quvvatlashga qaratilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovida ishtirok etish niyatida bo‘lgan yoshlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Har bir sohadan iqtidorli,izlanuvchan yoshlar tanlovda o‘z mahoratlarini sinab ko‘rmoqdalar.

Buxoroda “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Viloyatning oliy o‘quv yurtlarida tanlovning 1-bosqichi 15 nafar yosh olimlar ishtirokida o‘tkazildi. Ularning 3 nafari viloyat bosqichida g‘oliblik uchun bellashdilar.

Tanlovda yosh mutaxassislarning ilm sohasida erishgan yutuqlari, ilmiy yangiliklari bilan birgalikda, chet tillari, mehnat qonunchiligi sohasidagi bilimlari, ustoz-shogird tizimidagi faoliyati, jamoat ishlaridagi faolligi ham inobatga olindi. 

Hakamlar hay'ati xulosasiga ko‘ra, Buxoro davlat universiteti mehnat ta'limi kafedrasi o‘qituvchisi Akmal To‘rayev “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi tanlovida 1-o‘ringa munosib deb topildi, hamda respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Buxoro muhandislik texnologiya instituti fizika kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi Mirzo Sharipov ikkinchi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filialining suv xo‘jaligi va melioratsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Umid Jo‘rayev uchinchi o‘rin sohibi bo‘lishdi. 

Бухоро Энг фаол ёш олим 2016 (4)

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar