10/06/2016
“Kasaba uyushmalari – bolalarga”

 

11-iyun Xalqaro bolalar kuni Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar kengashi xalq ta'limi muassasalarini metodik ta'minlash va tashkillashtirish bo‘limi bilan birgalikda qator tadbirlarni amalga oshirdi. Nukus shahridagi Yoshlar uyi yonidagi fontan qoshida shahar hokimiyati, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan birlikda tadbir uyushtirildi. Tadbirda interaktiv o‘yinlar, konkurslar, konsert dasturi namoyish etildi, konkurs g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir so‘ngida shahar kengashi tomonidan tarmog‘imizdan 80ta kam ta'minlangan, ko‘p bolalali oila farzandlariga sovg‘alar topshirildi.

Shu bilan birga kasaba uyushmasi shahar kengashi tomonidan shahardagi 6 va 7-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarga bayram sovg‘alari topshirildi.

2 3

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar