23/08/2016
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallagan DASTURI amalda.

 

DSC06976Xorazm viloyati ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi shahar, tuman Kengashlari tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VII  Qurultoyida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan dastur ijrosini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil qilindi.

    Mazkur o‘quv-seminarga viloyatda faoliyat olib borayotgan 249 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitalari raislari taklif qilindilar. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari tayanch tashkilotlari faoliyati, ibratli ishlari bilan tanishish va tajriba almashish barobarida o‘quv-seminar dasturiga kiritilgan yo‘nalishlar bo‘yicha kasaba uyushmalari mutaxassislari tomonidan kerakli ma’lumotlarni oldilar.

    Seminar dasturidan o‘rin olgan mehnatkashlarni ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, muassasada ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklikni  rivojlantirish, ayollar va yoshlarning xuquq hamda manfaatlarini himoya qilish, xodimlarning mehnat muxofazasiga oid xuquqlari, mehnatkashlar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, sportning ommaviyligini oshirish, kasaba a’zolari va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish va dam oldirish hamda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash kabi masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi. Shuningdek,  kasaba uyushma  faollari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

DSC06965

???????????????????????????????

???????????????????????????????

 

 


Yangiliklar, Без рубрики

Izlash

 

So`ngi e`lonlar