08/09/2016
“O‘z kasbining mohir egalari” tanlanmoqda

 PICT0009 (1)

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik  bayrami  arafasida  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining «O‘z kasbining mohir egalari»ni taqdirlash Nizomiga asosan  ta’lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman kengashi rahbarligida boshlang‘ich tashkilotlarda mehnatkashlarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi va ijodkorlik qobiliyatini rag‘batlantirish, ularning professional darajasini oshirish, mehnat unumdorligini ta’minlash hamda ijtimoiy faoliyatga jalb etish maqsadida “O‘z kasbining mohir egalari”ni  taqdirlash tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. 

    “O‘z kasbining mohir egalari”ni saralashning 1-bosqichi  Sirdaryo tumanida “Bolalar va o‘smirlar sport maktabida” yuqori saviyada  tashkil etildi. Tadbirda komissiya a’zolari tomonidan  sport maktabining tosh ko‘tarish bo‘yicha murabbiyi Lochin Xusanov eng munosib nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlanib xujjatlari 2-bosqichda ishtirok etishi uchun tuman komissiyasiga takdim etildi.

             Joriy yilning 22-23 aprel kunlari Sirdaryo viloyatining “Baxt” shahrida o‘tkazilgan sportning tosh ko‘tarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ochiq birinchiligida  Lochin Xusanovning shogirdlari umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.  Ayni kunlarda  uning shogirdlari  2016 yil 26-31 oktyabr kunlari Italiyaning Turin shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

PICT0009 (1)

PICT0013 (1)

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar