10/09/2016
YOSh ISTE’DODLAR ANIQLANDI

???????????????????????????????

      2016 yil 10 sentyabr kuni ta’lim fan va madaniyat xodimlari  kasaba uyushmasi Kogon tuman kengashi hamda Kogon  tuman hokimligi madaniyat va sport ishlari bo‘limi  hamkorligida tuman madaniyat va aholi dam olish markazi binosida bolalar badiiy jamoalari qatnashchilari o‘rtasida “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik- tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.      
     Ko‘rik-tanlovda tuman madaniyat va aholi dam olish markazlaridagi  to‘garaklarning 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilari o‘z san’atlarini namoyish etdilar. Nizom talabari asosida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov ishtirokchilari mahoratini malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati baholab bordi.  
      Ko‘rik-tanlov natijalari ko‘ra , 1- o‘rin  an’anaviy ijrochilik yo‘nalishi bo‘yicha  Amonova Malohatga,  estrada qo‘shiqchiligi yo‘nalishida Shabonov Firdavsga, jamoa raqs ijrochiligi bo‘yicha “Uyrot ” madaniyat va aholi dam olish markazi yonida tashkil etilgan “Go‘zal” raqs jamoasiga nasib etdi.  Tadbir tashkilotchilari tomonidan g‘olib va sovrindorlariga   esdalik sovg‘alari va Faxriy Yorliqlar topshirildi.

??????????????????????????????? ??????????????????????????????? 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar