14/09/2016
G‘allaorolda “O‘z kasbining mohir egalari” ni taqdirlash tadbirini 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

20160914_151734

    Xodimlarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi va ijodkorlik qobiliyatini rag‘batlantirish orqali ularning professional darajasini oshirish, ustoz-shogird an’analarini qo‘llab-quvvatlagan xolda yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida joriy yilning 14 sentyabr kuni ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘allaorol tumani Kengashi tomonidan  “O‘z kasbining mohir egalari” taqdirlash tadbirining 2- tuman bosqichi o‘tkazildi.
     Tadbirda tuman kengashiga a’zo tashkilot va muassasalardan g‘olib bo‘lgan mohir kasb egalari ishtirok etdilar. Taqdirlash tadbirida har bir ishtirokchining bir sohada ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelishi, o‘ziga biriktirilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi, ichki mehnat tartib-qoidalariga amal qilishi, sohani rivojlantirishda olib borayotgan izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuslari, yaratgan yangiliklari, yoshlarga o‘z kasbining sir-asrorlarini o‘rgatib shogirdlar tayyorlashi, mehnat jamoasi orasida obro‘-e’tibori, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi, mamlakatimizda turli sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli isloxatlar mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglab, ularni qo‘llab-quvvatlashiga alohida e’tibor berildi.
   Yakuniy natijalarga ko‘ra tumandagi 15-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabidan Narzulla Ziyoviddinov, “Barkamol avlod” bolalar markazidan Lola Eshonqulova, Bolalar-o‘smirlar sport maktabidan Sherzod Eshquvvatovlar g‘olib deb topilib, tanlovning 3-bosqichida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritishdi.

20160914_151747 20160914_151816

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar