14/10/2016
“Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyat bosqichi

IMG_2901

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan har yili “Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasi doirasida bolalar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xuddi shunday tadbirlardan biri yosh avlodni badiiy havaskorlikka va san’atga jalb etish orqali ularda Vatanga muhabbat, millatlararo do‘stlikni mustahkamlash, milliy va madaniy an’analarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish orqali har tomonlama komil inson bo‘lib yetishishlariga hissa qo‘shish, madaniyat muassasalarida faoliyat yuritayotgan bolalar badiiy jamoalaridagi iqtidorlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har ikki yilda o‘tkazib kelinayotgan “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovidir.
        2014 yilda o‘tkazilgan “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovida shahar, tuman  madaniyat muassasalaridan 340 nafar ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa, bu yil o‘tkazilgan  ko‘rik-tanlovda  ularning soni 520 nafarni tashkil etdi.
              Tanlovning viloyat bosqichida 110 nafar bolalar o‘z iste’dodlarini namoyish etishdi. An’anaviy ijrochilik yo‘nalishi bo‘yicha Qorako‘l tumanidagi 46-maktab o‘quvchisi Diyorbek Rahmonov, ansambl cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha Buxoro shahar aholi va dam olish markazida tashkil etilgan “Zarb” doirachilar jamoasi, raqs ijrochiligi yo‘nalishida “Buxorcha” raqs jamoasi g‘oliblikni  qo‘lga kiritishdi.
            Barcha ishtirokchilarga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining diplom va qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

IMG_3075 IMG_3141

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar