13/10/2016
“Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

20161013_133741

  Joriy yilning 13 oktyabr kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida yosh avlodni badiiy havaskorlikka va san’atga jalb etish, ularda milliy-madaniy an’analarga hurmat tuyg‘ularini, estetik didni shakllantirish, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Istiqlol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining                  3-bosqichi o‘tkazildi.
      Shahar va tuman bosqichlarida 7-16 yosh orlig‘idagi 424 nafar bolalar va o‘smirlarning san’atga bo‘lgan maxoratlari mutaxassislarda katta umid va ishonch uyg‘otdi. Viloyat bosqichida tuman, shaharlarda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘lgan 159 nafar bolalar va o‘smirlar ishtirok etdilar.
      Tanlov 4 ta yo‘nalish bo‘yicha An’anaviy ijrochilik, Estrada qo‘shiqchiligi, Yakka va  ansambl cholg‘u ijrochiligi, yakka va jamoa raqsi ijrochiligida o‘tkazildi. 
    Ko‘rik-tanlovni malakali hakamlar xay’ati a’zolari baxolab bordilar.
    Tanlov yakuniga ko‘ra:
            I. An’anaviy ijrochilik bo‘yicha.
Qo‘ziev Izzatillo – Paxtaobod tumani 11-umumta’lim maktabi o‘quvchisi.
          II. Estrada qo‘shiqchiligi bo‘yicha.
Mo‘minov Muxammaddiyor – Asaka tumani 31-maktabi o‘quvchisi.
          III. Yakka va ansambl cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha.
Jalaquduq tumanidagi 1-maktab o‘quvchilar  “Dutorchi qizlar”  ansambli.                                              
          VI. Jamoa raqsi ijrochiligi.
Bo‘z tumani “Miso” koreys ijodiy guruhining qizlar raqs jamoasi viloyatda 1-o‘rinni egallab Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
    Tanlov g‘oliblari hamda barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar  bilan taqdirlandilar.

20161013_145325 20161013_122250


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar